Suv xöjaligi vazirligi suv tejovçi texnologiyalarni joriy qiliş boşqarmasi boşliği Abduraşid Qulmatovning Kun.uz’ga ma’lum qilişiça, suv yetkazib beriş muammosi bilan boğliq material e’lon qilingandan keyin vazirlik işçi guruhi tomonidan holat joyiga borib örganilgan. Sirdaryo-Söx irrigatsiya tizimlari havza boşqarmasi, “Suvxöjaliknazorat” inspeksiyasi Farğona viloyat boşqarmasi, Nasos stansiyalari va energetika boşqarmasi, “Isfayram-Şohimardon” irrigatsiya tizimi boşqarmasi, Farğona tumani “Suv yetkazib beriş xizmati” davlat muassasasi vakillari boğbonlar bilan uçraşuv ötkazişgan.

Çimyon qişloği Quyi arça mahallasidagi adirlikka suv yetkazib berişda kamçiliklarga yöl qöygan mas’ullarga çora körilgan.

Murojaatçilar va fermerlarning talabiga binoan hududga yangi mirob tayinlangan. “Arça 1, 2” nasos stansiyasi soz holatga keltirilib, işga tuşirilgan. Mirob Ş.I.ga nisbatan xizmat tekşiruvi ötkazilişi belgilangan.