Inspeksiya xabariga köra, murojaatlar örganilişi natijasida:

  • hozirda faoliyat yuritayotgan 143 ta korxona va taşkilot rahbarlariga nisbatan ma’muriy hamda jinoiy ta’sir çoralari qöllangan;
  • 56 ta korxona va taşkilotga yozma körsatmalar kiritilgan.

Şuningdek, örganişlar davomida ayrim murojaatlarda körsatilgan korxona va taşkilotlar bugungi kunda tugatilgani aniqlandi. Bunday holatlarda fuqarolarning huquqlarini tiklaş maqsadida 2020-2025 yillarda kiritilgan notöğri ma’lumotlar Yagona milliy mehnat tizimi (YaMMT)dan öçirilgan.

“Agar mehnat faoliyatingiz haqidagi ma’lumotlar sizga ma’lum bölmagan holda rasmiylaştirilganini aniqlasangiz, vakolatli organlarga murojaat qiling”, deyiladi inspeksiya axborotida.

Bandlik vazirligi bilan (Mehnat inspeksiyasi uşbu vazirlik tarkibida faoliyat yuritadi) 1176 qisqa raqami orqali boğlaniş mumkin.