«Dunyo» axborot agentligi ma’lum qilişiça, fuqaro M.X. 2025 yilda Çexiyaga kelgan va keyinçalik mehnat faoliyati munosabati bilan Polşaning Vrotslav şahrida vaqtinça yaşagan. 2026 yil fevral oyida Pragada bölgan vaqtida uning xorijga çiqiş pasporti öğirlab ketilgan.

Şundan söng u şaxsini tasdiqlovçi hujjatlarsiz qolib, huquqiy maqomini tiklaş hamda Özbekistonga qaytişda qiyinçiliklarga duç kelgan.

Fuqaroning murojaatidan keyin Özbekistonning Çexiyadagi elçixonasi tomonidan zudlik bilan konsullik-huquqiy yordam körsatildi. Körilgan çoralar natijasida uning deportatsiya qiliniş xavfi bartaraf etildi hamda Özbekistonga qaytiş guvohnomasi rasmiylaştirib berildi.

Şuningdek, Çexiya Içki işlar vazirligi bilan hamkorlikda vatandoşning aviaçipta xarajatlarining bir qismi Çexiya tomonidan qoplab berildi. Natijada u soğ-salomat Özbekistonga qaytib keldi.

Qayd etilişiça, Özbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari çet ellarda murakkab vaziyatga tuşib qolgan fuqarolarga huquqiy va konsullik yordamini körsatiş, şuningdek, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qiliş böyiça işlarni izçil davom ettirmoqda.