Davlat aktivlarini boşqariş agentligi direktori Sohibjon Murodov 8-oktabrdagi matbuot anjumanida Kun.uz’ning «Özbekiston poçtasi» Wildberries’ga işonçli boşqaruvga berilgani haqidagi savoliga rad javobini bergandi.

«Bugungi kunda işonçli boşqaruvga berilmagan», - degandi agentlik rahbari.

U Wildberries vakillarining poçta kuzatuv kengaşiga kiritilişini kompaniyaning tajribasidan foydalaniş hamda 360 mlrd sömgaça foizsiz qarz jalb qiliş rejasi bilan izohlagan. Murodovning aytişiça, poçtaning ijro organi va aksiyadori özgarmagan, hamkorlik esa natijasiga qarab davom ettiriladi.

Ammo «Özbekiston poçtasi» tomonidan Korporativ axborotlar yagona portalida oçiqlangan hujjat - aksiyadorlarining 2026-yil 21-sentabrdagi navbatdan taşqari umumiy yiğilişi 2-son bayonidan köçirmada işonçli boşqaruv şartnomasi tilga olingan.

Hujjatda jamiyat ustav kapitalidagi davlat uluşini işonçli boşqaruvga beriş töğrisidagi 2025-yil 30-dekabrdagi 01/3-94-sonli Işonçli boşqaruv şartnomasining 6.1-bandiga havola qilingan. Uşbu band inobatga olingan holda, «WB INT EXPORT» MÇJ (Rossiyaning Wildberries kompaniyasi Özbekistondagi şuʼbasi) tomonidan taklif etilgan beş nomzodni kuzatuv kengaşiga saylaş masalasi bayon etilgan.

Bayon köçirmasida WB INT EXPORT «Özbekiston poçtasi» AJdagi davlat aksiyalari paketining işonçli boşqaruvçisi ekani hamda qonunçilik va mazkur şartnomaga muvofiq aksiyadorning barça huquqlariga ega bölgani qayd etilgan.

Image
Image
Image