Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi Ekopolitsiya xodimlari hamda Ohangaron tumani IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan reyd tadbiri davomida Ko‘ksaroy mahallasi hududida Sibir tog‘ echkisining tana qismlari sotilayotgani ma’lum bo‘ldi.
O‘rganishlar jarayonida mazkur hayvon fuqaro U.M. tomonidan hech qanday ruxsatnomasiz noqonuniy ravishda otib o‘ldirilgani aniqlangan.
Holat bo‘yicha «Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida»gi qonunning 32- va 33-moddalari, shuningdek, «Ov qilish va ovchilik xo‘jaligi to‘g‘risida»gi qonunning 17-, 23- va 27-moddalari talablari buzilgani qayd etildi.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu huquqbuzarlik oqibatida hayvonot dunyosiga 6 million 180 ming so‘m miqdorida zarar yetkazilgan.
Ayni paytda holatga huquqiy baho berish va qonunchilikda belgilangan choralarni ko‘rish maqsadida tegishli hujjatlar sud organlariga yuborish uchun tayyorlanmoqda.







