Milliy statistika qömitasi ma’lumotlariga köra, joriy yilning yanvar–may oylarida mamlakat eksporti 12,6 mlrd AQŞ dollariga yetgan.
Eksport tarkibida xizmatlar 4,6 mlrd dollar bilan eng yuqori uluşni qayd etdi. Mazkur yönalişda ösiş sur’ati ötgan yilning mos davriga nisbatan 34,9 foizni taşkil qildi.
Sanoat tovarlari eksporti 1,9 mlrd dollarga yetgan bölib, 18 foizga oşdi. Turli xil tayyor buyumlar eksporti esa qariyb ikki barobar ösib, 1,1 mlrd dollarni taşkil qildi.
Şuningdek, kimyoviy vositalar va şunga öxşaş mahsulotlar eksporti 1 mlrd dollar (+37,6 foiz), oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar eksporti ham 1 mlrd dollar (+9,1 foiz) bölgan.
Hisobot davrida mineral yoqilği, moylaş materiallari va şunga öxşaş mahsulotlar eksporti 660,7 mln dollarga (+10,1 foiz), maşinalar va transport asbob-uskunalari eksporti 536 mln dollarga (+38,2 foiz) yetdi.
Nooziq-ovqat xomaşyosi (yonilğidan taşqari) eksporti 131,4 mln dollar (+17,1 foiz), içimliklar va tamaki mahsulotlari eksporti 106,9 mln dollar (+41,3 foiz), hayvon va ösimlik moylari, yoğlar hamda mumlar eksporti esa 50,9 mln dollar (+90,1 foiz)ni taşkil qildi.
Ayni paytda, «boşqa tovarlar» toifasi böyiça eksport hajmi 1,5 mlrd dollar bölib, ötgan yilning mos davriga nisbatan 76,4 foizga kamaygan.











