Ukraina va Amerikadagi mulozimlar uruşni töxtatiş böyiça tinçlik taşabbuslarining yangi bosqiçi doirasida Rossiyaga taqdim etilişi rejalaştirilayotgan havodagi sulh taklifini muhokama qildi, deb yozadi Reuters manbalarga tayanib.

Agentlik suhbatdoşi Ukraina avval ham Vladimir Putinga öt oçişni töxtatiş böyiça takliflar bilan murojaat qilgani, biroq takliflar rad etilganini ta’kidlagan. Biroq, ba’zi rasmiylar Ukrainaning sönggi oylardagi hujumlari tufayli Rossiya iqtisodiyotiga tuşayotgan bosim Putinning pozitsiyasini yumşatişi mumkin, deb hisoblamoqda.

Bu xabar Volodimir Zelenskiyning Vaşingtonga 28 iyulga belgilangan taşrifi arafasida çiqmoqda. Uşbu taşrif davomida Ukraina prezidenti 11 iyul kuni vafot etgan amerikalik senator Lindsi Grem xotirasiga bağişlangan marosimda iştirok etişi va Donald Tramp bilan uçraşişi rejalaştirilgan.

Bundan bir neça kun oldin Kiyevga amerikalik jurnalist, öta öng faol va MAGA (Make America Great Again) harakati tarafdori Laura Lumer kelgan edi, u avval AQŞ rasmiylaridan Ukrainani qöllab-quvvatlaşni töxtatişni talab qilgandi, keyin esa fikrini özgartirdi. Unga bergan intervyusida Zelenskiy Rossiya bilan tinçlik bitimini imzolaş uçun Oq uydagi Oval kabinetga yoki Mar-a-Lagoga (Trampning Floridadagi qarorgohi) borişga tayyorligini aytdi.

Rossiya va Ukraina örtasidagi muzokaralarning sönggi bosqiçi 2026 yil fevral oyida – Yaqin Şarqda yangi uruş boşlanişidan biroz oldin bölib ötgandi. Şundan söng Rossiya bir neça bor AQŞ muzokaralarda vositaçilikka qaytişiga umid bildirdi. Şu bilan birga, Rossiya Kiyev va Ukrainaning boşqa şaharlariga raketalar va dronlar bilan zarba berişda davom etmoqda. Ukraina esa neftni qayta işlaş zavodlarini öqqa tutib, mamlakatda yoqilği inqirozini keltirib çiqardi, sönggi bir haftadan ortiq vaqt mobaynida esa Rossiya hududlaridagi Wildberries omborlari ukrain dronlari nişoniga aylandi.

Havodagi sulh masalasi taxminan bir yil oldin – Tramp va Putinning Alyaskadagi uçraşuvi oldidan ham kötarilgan edi. Öşa uçraşuvdan bir neça kun oldin Bloomberg öz manbalariga tayanib, Kreml AQŞ prezidentiga yon beriş variantlarini, jumladan, havodagi sulhni körib çiqayotgani haqida yozgandi – öşanda Tramp Putin bilan muloqotdan söng Ukraina şaharlari bombardimon qilinişi davom etayotganidan noroziligini bildirgandi. Biroq yakunda bunday sulh amalga oşmadi.

25 iyul kuni Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev Omskda Vladimir Putin bilan uçraşuv çoğida Rossiya-Ukraina mojarosini «muzlatiş» taklifini bildirdi. Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov bu ğoyaga izoh berarkan, Kiyevning pozitsiyasini hisobga olgan holda «bunday muzlatişning imkoni yöqligi»ni aytdi. «Biz uçun asosiy şart bor – biz öz maqsadlarimizga erişişimiz kerak», – dedi Peskov. U harbiy harakatlarni töxtatiş şartlari ikki yil oldin Putin tomonidan bayon etilgani va «agar Kiyev rejimi tegişli qarorlarni qabul qilsa, uruş şu kunning özida töxtaşi mumkin»ligini qöşimça qildi.