Rossiya tomoni Özbekiston taşqi işlar vazirligi notasidagi ma’lumotlarni diqqat bilan körib çiqmoqda va özbekistonlik hamkorlarning tegişli sörovi vakolatli organlarga yuborildi. Olingan obektiv ma’lumotlar belgilangan tartibda Toşkentga yuboriladi, dedi Rossiya TIV matbuot kotibi Mariya Zaxarova.

Avvalroq Özbekiston diplomatik departamenti matbuot kotibi Ahror Burxonov mamlakat TIV Rossiyada özbekistonlik fuqarolarni tintuv qiliş va notöğri munosabatda bölayotganidan xavotirda ekani, şu munosabat bilan Özbekistonning Moskvadagi elçixonasi Rossiya Taşqi işlar vazirligiga tuşuntiriş sörab nota yuborgani haqida xabar bergandi.

«Özbekiston elçixonasidan notani olganimiz munosabati bilan undagi ma’lumotlarni sinçiklab örganmoqdamiz. Şuni ta’kidlaşni istardimki, bizda huquq-tartibot va boşqa xizmatlar orqali töğridan-töğri aloqa kanallari mavjud. Ittifoqçilar örtasidagi an’anaga köra, suhbat samimiy bölib, har qanday signal sinçkovlik bilan körib çiqiladi. Özbekiston tomonining yuqorida qayd etilgan sörovi, olingan ma’lumotlar böyiça obektiv tarzda organlarga xabar qilinadi», dedi diplomat.

«Avvalo, biz Özbekiston bilan mustahkam ittifoqçilik va har tomonlama strategik şeriklik munosabatlariga ega ekanimizni va ikki tomonlama munosabatlarning barça masalalariga şu nuqtai nazardan yondaşayotganimizni ta’kidlamoqçimiz», dedi diplomat.

8 iyun kuni Rossiya huquq-tartibot tuzilmalari Moskvada va Sankt-Peterburgda ötkazgan reyd tadbirlarida migrantlarga qöpol munosabatda haqoratlab, kuç işlatgani ma’lum böldi. Migratsiya agentligining Rossiyadagi vakolatxonasi holat nazoratga olinganini aytib, jabrlanganlar orasida Özbekiston fuqarolari bölsa murojaat qilişni söragan edi.