AQŞ Qurolli kuçlari Markaziy qömondonligi (CENTCOM) 30 iyul kuni Eron hududidagi bir qator harbiy nişonlarga ommaviy zarbalar berilganini ma’lum qildi.
Qömondonlikka köra, hujumlar bir kun avval mintaqada joylaşgan AQŞ harbiylariga qarşi amalga oşirilgan raketa hujumiga javob tariqasida uyuştirilgan.
CENTCOM bildirişiça, operatsiya davomida Eron Islom inqilobi muhofizlari korpusiga qaraşli önlab ob’yektlar, jumladan harbiy qömondonlik markazlari, raketa qurollari va uçuvçisiz apparatlar bilan boğliq inşootlar, şuningdek sohil qöriqlaş kuçlari ob’yektlari nişonga olingan.
Amerika harbiylari ta’kidlaşiça, operatsiyadan asosiy maqsad Eron va uning ittifoqçilari tomonidan AQŞ qöşinlari, Fors körfazidagi tijorat kemalari hamda mintaqa davlatlariga tahdidlarni yanada kamaytirişdan iborat bölgan.
CENTCOM ma’lumotiga köra, 28 iyul kuni korpus Eron hududidan Yaqin Şarqdagi Amerika harbiylariga qarata bir neçta ballistik raketa uçirgan. AQŞ tomoni bu raketalarning barçasi havoda yöq qilinganini bildirmoqda. Ayni paytda Yaqin Şarqda 50 mingdan ortiq amerikalik harbiy xizmat qilmoqda.
AQŞ va Eron örtasidagi qurolli qarama-qarşilik 12–24 iyul kunlari davomida ham yuqori darajada keçgan edi. Bu davrda AQŞ Eron hududidagi harbiy ob’yektlarga tungi hujumlar uyuştirib, ularni Hörmuz böğozidagi tijorat kemalariga tahdidni kamaytiriş çorasi sifatida izohlagan. Eron esa qöşni davlatlardagi AQŞ harbiy bazalarini nişonga olganini ma’lum qilgan.
24 iyuldan keyin tomonlar bir neça kun davomida özaro zarbalarni töxtatib turgan. The New York Times ma’lumotiga köra, AQŞ prezidenti 24 iyul kuni yangi keng kölamli hujumlarni vaqtinça keçiktirişga qaror qilgan. Bunga havo hujumidan mudofaa tizimlari uçun raketa zaxiralarining qisqarişi hamda ehtimoliy global energetika va iqtisodiy inqiroz xavfi sabab bölgan.
Şu bilan birga, 28 iyul kungi hujumlarda AQŞ Saudiya Arabistoni qurolli kuçlari bilan birgalikda harakat qilgan. CENTCOM ma’lum qilişiça, bu operatsiya sönggi 72 soat içida AQŞ kuçlariga qarşi uyuştirilgan 30 dan ortiq dron hujumiga javob bölgan.












