Xitoyning Sealegend Shipping yuk taşiş kompaniyasi Arktika orqali Yevropaga muntazam konteyner taşuvlarini yölga qöyişini ma’lum qildi. Kompaniya e’lon qilgan jadvalga köra, 12 avgustdan 27 oktyabrgaça bölgan navigatsiya mavsumida yettita kiçik va örta sinfdagi konteyner kemasi iştirokida sakkizta reys amalga oşiriladi.
Bu loyiha ötgan yili amalga oşirilgan muvaffaqiyatli sinov reysining davomi hisoblanadi. Öşanda Istanbul Bridge konteyner kemasi Xitoyning Ninbo portidan Buyuk Britaniyadagi Felikstou portiga taxminan 20 kunda yetib borgan va kompaniya buni mazkur yönaliş uçun rekord natija sifatida baholagan.
Avvallari Şimoliy dengiz yöli orqali konteyner taşuvlari asosan sinov yoki bir martalik reyslardan iborat edi. 2026 yilgi dastur esa navigatsiya mavsumi davomida har hafta kema jönaydigan töliq muntazam konteyner xizmati yölga qöyilişini nazarda tutadi.
Ilk reysni Dubai Tower konteyner kemasi amalga oşiradi. 1 740 TEU siğimga ega uşbu kema 12 avgust kuni Xitoydan yölga çiqib, 5 sentyabr kuni Buyuk Britaniyaning Felikstou portiga yetib borişi rejalaştirilgan. TEU - 20 futlik standart konteyner asosida hisoblanadigan yuk siğimi birligi hisoblanadi.
Kompaniya ma’lumotlariga köra, yangi yönaliş orqali yuklar Germaniyaning Gamburg şahriga 20–22 kunda yetkazib beriladi. Bu temiryöl orqali taşiş muddatiga yaqin bölsa-da, bir vaqtning özida ança köp yuk taşiş imkonini beradi.
Sealegend Shipping ta’kidlaşiça, Arktika orqali ötuvçi yönaliş Şarqiy Osiyo bilan Şimoliy Yevropa örtasidagi masofani sezilarli qisqartirişi hisobidan karbonat angidrid (CO₂) çiqindilarini qariyb 50 foizga kamaytiriş imkonini ham beradi.
Mutaxassislar fikriça, mazkur loyiha Xitoyning «Qutb Ipak yöli» taşabbusi doirasida Arktikadagi iqtisodiy va strategik iştirokini yanada kengaytirişga xizmat qiladi. Agar 2026 yilgi navigatsiya mavsumi muvaffaqiyatli ötsa, Şimoliy dengiz yöli orqali mavsumiy muntazam konteyner taşuvlari kelajakda Suvayş kanali orqali amalga oşiriladigan an’anaviy yönalişlarga tijoriy jihatdan munosib muqobilga aylanişi mumkin.
Xitoy Arktika orqali Yevropaga yangi savdo yölagini işga tuşirmoqda
09:15 / 31.07.20263 2473 min
Xitoyning Sealegend Shipping kompaniyasi joriy yozda tarixda ilk bor Xitoy va Yevropa örtasida Şimoliy dengiz yöli orqali muntazam haftalik konteyner qatnovini yölga qöyadi. Kompaniya yangi yönalişni Suvayş kanali orqali amalga oşiriladigan an’anaviy taşuvlarga tezkor va ekologik jihatdan samarali muqobil sifatida baholamoqda.











