Prezident Şavkat Mirziyoyev alohida ta’lim ehtiyojlari bölgan bolalarni ta’lim va ijtimoiy xizmatlar bilan qamrab oliş, muayyan yaşaş joyiga ega bölmagan hamda odam savdosidan jabrlangan şaxslarni qöllab-quvvatlaş, şuningdek, imtiyozli transport xizmatlarini raqamlaştirişga qaratilgan takliflar taqdimoti bilan tanişdi.

Keyingi yillarda Özbekistonda ijtimoiy xizmatlarni aholiga yaqinlaştiriş, ehtiyojmand fuqarolarni manzilli qöllab-quvvatlaş va sohaga nodavlat sektorni jalb etiş böyiça keng kölamli işlar amalga oşirilmoqda. Sönggi uç yilda ijtimoiy xizmatlar soni 23 tadan 140 taga yetdi. Har yili örtaça 4,6 millionta, jumladan, mahalla darajasida qariyb 2 millionta ijtimoiy xizmat körsatilmoqda.

Bugungi kunda mamlakatda nogironligi bölgan 168 mingdan ortiq bola bor. Ularning 133,8 ming nafari ta’lim va ijtimoiy xizmatlar bilan qamrab olingan. Yana 34,6 ming nafar bolani ta’limga jalb etiş zarur.

Buning uçun ijtimoiy xodimlar iştirokida “oilabay” işlaş tizimi yölga qöyiladi. Har bir bolaning ehtiyojlari erta bosqiçda va kompleks baholanib, unga mos ta’lim muhiti hamda zarur xizmatlar belgilanadi. Yangi baholaş mexanizmi 2026-yil 1 oktyabrdan Xorazm va Navoiy viloyatlarida tajriba tariqasida joriy etiladi.