Chilonzor-Ts mavzesidagi Premium Chilonzor turar-joy kompleksi aholisi qariyb tört yildan beri turli idoralarga murojaat qilib keladi, lekin natija yöq. Gap şundaki, sotuv bölimining mijozlarga va’dasi böyiça, uylar qarşisidagi maydon avtoturargoh va bolalar maydonçasi bölişi kerak edi, lekin amalda u yerda allaqanday bino qurilib ketdi. Quriliş bahsli bölgani uçun, hozir bu joy çiqindixonaga aylanib yotibdi.
Odamlar köçib kelib yaşay boşlaganiga yillar ötgan, avtoturargoh, boğça yoki bolalar öyingohi örnida esa çiqindixona...
“Uyni sotib olişimizdan oldin bu yerda savdo dökoni bölardi. Uy olsanglar, şu yerda maşina qöyiş uçun bepul avtoparking böladi, deyişgan. Lekin mana şunça yil ötdi, heç qanaqa avtoturargoh bölgani yöq. Örniga ofis binosi tuşdi. 2022-yildan beri bu bino notöğri qurilgan bino ekani haqida xat-hujjat qilib qöyilgan, lekin amalda özgariş yöq”, – deydi murojaatçilardan biri.


Yer maydoni va quriliş ob’yekti vaqt ötişi bilan avval R.Sultonxöjayevga, söngra D.Alimovga oldi-sotdi şartnomalari asosida ötgan. Yangi mulkdor davrida quriliş-montaj işlari uzoq yillar davomida töxtab qolgan va quruvçi tomonidan taşlab qöyilgan.
Aholining tinimsiz murojaatlaridan söng quriliş işlari loyiha-smeta hujjatlariga mos kelmagani, şuningdek, belgilangan muddatlarda ijro hujjatlari taqdim etilmagani aniqlangan. Mazkur jarayonda quriliş işlarini oxiriga yetkazmagan va berilgan körsatmalarni bajarmagan asosiy mas’ul şaxslar, dastlabki buyurtmaçi M.Mirxöjayev hamda keyingi egalari R.Sultonxöjayev va D.Alimov hisoblanadi.
Şuningdek, vaziyatning ijrosi va qonuniyligini nazorat qiliş yuzasidan Quriliş sohasida nazorat inspeksiyasi, Toşkent şahar prokuraturasi, Kadastr agentligining Toşkent şahar boşqarmasi hamda Toşkent şahar hokimligi mutasaddilari mas’ul etib belgilangan. Ammo mas’ullar tomonidan bugun heç bir çora körilmayapti.


“Şu paytgaça biz Quriliş vazirligiga, prokuraturaga, Prezidentimiz devonxonalariga xatlar yozdik. Bu xatlarga faqat yumşoq javoblar kelyapti: “Şunaqa bölib qolibdi-da, anaqa, mana bunaqa bölib qolibdi” kabi quruq vajlar bilan kelişyapti. Bu quriliş joyida bugun çiqindilar, çayon, ilon, uysizlar yotibdi. Yuqoridagi vakillarimiz şu narsani töğri hal qilib berişsin axir. Avtopark böladigan bölsa avtopark, bölmaydigan bölsa, buni tagi bilan olib taşlab, şu yerda yaşayotgan xalqqa berilsa, xalq bu yerni özi çiroyli qiladi, özi töğrilaydi”, – deydi murojaatçi.
Quriliş töxtagaç, qariyb 4 yildan buyon çala yotgan 3 qavatli bino qarovsiz ahvolda qolgan. Hududda yaşovçilarning aytişiça, bu joy allaqaçon çiqindixonaga va şubhali kimsalarning yiğin joyiga aylangan.

“Menda ham uçta farzandim borligi uçun xavotir olyapman. Nevaram bor. Ilon, çayonlar yuribdi deyişyapti, körganlar ham bor ekan. Har xil “bomjlar” kelib yotib yurgan ekan bu yerda. Voyaga yetmagan farzandlarimiz bor, xavotir olamiz. Bizga uy sotilayotganda bunaqa deb sotişmagan edi. Buni buzib taşlaymiz yoki parkovka qilib beramiz deyişgan edi. Mana, beş yil böldi kelganimizga, hanuz özgariş yöq”, – deydi bolalaridan xavotir olayotgan ona.
Quriliş sohasida nazorat inspeksiyasi tomonidan qonunbuzarliklarni bartaraf etiş, tasdiqlangan ijro hujjatlariga moslaştiriş yoki demontaj qiliş böyiça ob’yekt egasiga 2024-yil davomida bir neçta rasmiy hujjatlar yuborilgan: 2024-yil 23-yanvarda 6-sonli körsatma, 2024-yil 23-mayda 5912-sonli va 5911-sonli çaqiruv xatlari, 2024-yil 1-iyulda 56-sonli yozma körsatma hamda 2024-yil 14-avgustda 14343-sonli çaqiruv xatlari şular jumlasidan.

Chilonzor tumani prokuraturasi (jumladan, tuman prokurori U.Xabiljonov) holat yuzasidan örganişlar olib borib, berilgan yozma körsatmalar talablari belgilangan muddatda bajarilmagani, holat qat’iy nazoratga olingani va qöşimça majburiy ijro etiş çoralari belgilanganini bildirgan. Berilgan ogohlantirişlar va yuborilgan xatlar töliq bajarilmagaç, hududiy nazorat qiliş inspeksiyasi tomonidan oxirgi çora sifatida mas’ul şaxsga nisbatan quriliş ob’yektida demontaj işlarini olib boriş va qonuniy holatga keltiriş yuzasidan sud organlariga da’vo arizalari kiritilgan. Ya’ni hozirgi kunda muammoni tölaqonli hal etiş uçun qonuniy tartibda sud orqali bino majburiy buzdirilişiga erişiş çoralari körilmoqda.

Fuqarolarning talabi qat’iy: 4 yildan beri xavf tuğdirib yotgan qarovsiz binoga mas’ullar tezroq amaliy yeçim topsin. Şundan söng ular yer maydonini turar-joy egalari şirkatiga ötkaziş orqali qonuniy tartibga solib, asl loyihadagi avtoturargohni öz kuçlari bilan barpo etişmoqçi.
“Özimizga qöyib berişsin. Prezident qarorlari asosida hamma joyni yaşil maydonga, yaşil makonga aylantirib, bundan ham çiroyli qilib özimiz obod qilamiz. Faqat yerni bizga berişsin. Buning uçun heç kim ortiqça xarajat qilmaydi”, – dedi aholi vakili.












