Prezidentning «Xavfli çiqindilarni boşqariş samaradorligini oşiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori qabul qilindi.

Hujjatga muvofiq, 2027-yil 1-yanvardan xavfli çiqindilarni hosil qiluvçi yuridik şaxslar ekologik ekspertiza xulosasi asosida xavfli çiqindilarni boşqariş böyiça yillik rejalar işlab çiqadi va ularni Çiqindilarni boşqariş va tsirkulyar iqtisodiyotni rivojlantiriş agentligining hududiy boşqarmalari bilan kelişadi.

Yillik rejalarda xavfli çiqindilar hajmini kamaytiriş, ularni qayta işlaş uluşini oşiriş, xavfsiz joylaştiriş, şuningdek, çiqindilarni qayta işlaş, zararsizlantiriş, utilizatsiya qiliş yoki kömiş uçun ixtisoslaşgan taşkilotlarga topşiriş çoralari nazarda tutiladi.

Qarorga köra, foydalanişdan çiqarilgan xavfli çiqindilar saqlanayotgan maxsus inşootlar va oçiq maydonlar ularni ekologik qayta tiklaş uçun zarur mablağlar bilan birga bepul asosda Çiqindilarni boşqariş va tsirkulyar iqtisodiyotni rivojlantiriş agentligiga ötkaziladi.

Şuningdek, 2026-yil 1 oktyabrdan boşlab xavfli çiqindilarni hosil qiluvçi taşkilotlar uşbu yönalişdagi statistika hisobotlarini yil yakuni böyiça şakllantirib boradi.