2026-yilning birinçi yarmida Özbekistonda bajarilgan quriliş işlarining umumiy hajmi 192 trillion sömni taşkil etdi. Bu haqda Milliy statistika qömitasi ma’lum qildi.

Hududlar kesimida eng yuqori körsatkiç Toşkent şahri hissasiga töğri kelib, poytaxtda 61,2 trillion sömlik quriliş işlari amalga oşirilgan.

Keyingi örinlarni Toşkent viloyati 18,8 trillion söm, Farğona viloyati 12,1 trillion söm va Buxoro viloyati 10,7 trillion sömlik körsatkiçlar bilan egallagan.

Şuningdek, Samarqand viloyatida 9,9 trillion söm, Qaşqadaryo viloyatida 9,4 trillion söm, Andijon viloyatida esa 9 trillion sömlik quriliş işlari bajarilgan.

Milliy statistika qömitasi ma’lumotlari mamlakat hududlarida quriliş sohasidagi faollik yuqori sur’atlarda davom etayotganini körsatmoqda.