Xivadagi «Içan qal’a» va «Arda Xiva» majmualarida ötkazilgan «Qovun sayli» festivali rekord bilan yakunlandi.
Qayd qilinişiça, eng yorqin voqealardan biri «Eng katta qovun degustatsiyasi» böyiça jahon rekordining örnatilgani böldi.

Guinness World Records tomonidan berilgan rasmiy sertifikatga köra, rekord 2026-yil 9-avgust kuni Xiva şahrida qayd etildi. Unda 259 kişi bir vaqtda 10 dan ortiq qovun navini tatib kördi. Rekordni tasdiqlaş jarayonida Guinness World Records rasmiy hakami, Turkiya va Markaziy Osiyo böyiça vakili Şeyda Subaşi Gemiji iştirok etdi.

Festivalda Xorazm viloyati tumanlari, yetakçi fermer xöjaliklari va boşqa iştirokçilar öz stendlarida önlab qovun navlarini, şuningdek, viloyat mahsulotlari, texnologiyalari va yutuqlarini namoyiş etdi. Mehmonlar turli xil qovunlardan tatib köriş, işlab çiqaruvçilar bilan suhbatlaşiş va Xorazmning qişloq xöjaligi an’analari bilan yaqindan tanişiş imkoniyatiga ega böldi.

Bu yilgi gastronomik va madaniy tadbirga 186 ming nafar mehmon, jumladan 150 ming mahalliy va 36 ming xorijiy sayyoh kelgani aytildi.











