Adliya vazirligi Özbekiston banklarida buxgalteriya hisobini yuritiş va buxgalteriya işlarini taşkil qiliş tartibi töğrisidagi yöriqnomaga kiritilgan özgartiriş va qöşimçalarni davlat röyxatidan ötkazdi.

Unga muvofiq, tijorat banklarida buxgalteriya hisobini yuritiş va buxgalteriya işlarini taşkil qiliş işlari qoğoz şakli bilan bir qatorda dasturiy tizim orqali elektron tarzda yuritilişi va rasmiylaştirilişi mumkin böladi.

Şuningdek, Markaziy bankning bank tizimi ma’lumotlar omboriga banklar tomonidan uzatiladigan aktiv va majburiyatlar, balansdan taşqari hisobvaraqlar hamda ular bilan boğliq şartnomalarga doir ma’lumotlar röyxati ham tasdiqlandi.

Mazkur ma’lumotlar har bir bank iş kuni soat 10:00 dan boşlab taqdim etiladi. Oylik ma’lumotlar esa keyingi oyning 5-sanasidan keçiktirilmasdan töğri, töliq va öz vaqtida uzatilişi belgilandi.