The Intercept va Freedom of the Press Foundation AQŞ prezidenti Donald Trampga qarşi sudga murojaat qildi. CNBC xabariga köra, da’vo 12-avgust kuni ma’lum qilingan.
Da’vogarlar Truth Social ijtimoiy tarmoği uçun işga tuşirilgan Truth API xizmatini bloklaşni talab qilmoqda. Uşbu xizmat pulli obunaçilarga Trampning yangi postlarini oddiy foydalanuvçilarga nisbatan ertaroq oliş imkonini beradi.
Da’voda ta’kidlanişiça, Truth API AQŞ Konstitutsiyasiga kiritilgan Birinçi va Beşinçi tuzatişlar talablarini buzişi mumkin. Da’vogarlar jamoatçilik uçun möljallangan prezident bayonotlariga pul tölagan şaxslar va kompaniyalarning boşqalardan oldin kiriş imkoniga ega bölişini konstitutsiyaga zid deb hisoblamoqda.
Gap faqat Trampning postlari haqida emas. Xizmat orqali AQŞning boşqa yuqori martabali amaldorlari, jumladan vitse-prezident Jey Di Vens va Federal qidiruv byurosi direktori Keş Patelning Truth Socialʼdagi publikatsiyalariga ham tezkor kiriş imkoniyati taqdim etilişi aytilmoqda.
The Intercept va FPF bu amaliyotni keskin tanqid qilib, uni «ğayrioddiy, korrupsion va konstitutsiyaga zid sxema» deb atagan. Taşkilotlar sud orqali uşbu amaliyotni töxtatişga erişmoqçi.
Da’vogarlarning ma’lumotiga köra, Donald Tramp 2025-yil yanvarda Oq uyga qaytganidan buyon Truth Socialʼda 9 mingdan 11 minggaça xabar qoldirgan. Ularning ayrimlari Oq uyning rasmiy kanallarida darhol takrorlanmaydi.
Şu sababli, da’vogarlar fikriça, ayrim holatlarda Trampning Truth Socialʼdagi postlari prezident qarorlari va hukumatga oid yangiliklarni tezkor olişning yagona manbasiga aylanmoqda.
Tramp postlarini monetizatsiya qiliş
Truth Socialʼning boş kompaniyasi - Trump Media & Technology Group (TMTG) Truth API xizmatini iyul oyi oxirida işga tuşirgan.
Xizmatga obuna narxi oyiga 100 ming dollargaça yetişi mumkin. U orqali mijozlarga Tramp va uning atrofidagi şaxslarning yangi postlarini oddiy foydalanuvçilardan tezroq, hatto «millisoniyalar» farqi bilan oliş imkoniyati taklif qilingan.
TMTG boş direktori vazifasini bajaruvçi Kevin MakGernning ma’lum qilişiça, Truth APIʼning hozirda 10 dan ortiq obunaçisi bor. Ularning aksariyati fond birjalari va moliya bozorlarida öta tezkor savdo operatsiyalarini amalga oşirişga ixtisoslaşgan kompaniyalardir.

















