AQŞ prezidenti Donald Tramp 13-avgust kuni dronlar va ularning butlovçi qismlari importiga boj joriy etiş töğrisidagi proklamatsiyani imzoladi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati xabar berdi.

Hujjatga köra, milliy xavfsizlik uçun alohida ahamiyatga ega bölgan muayyan ölçam yoki imkoniyatlarga ega uçuvçisiz uçiş apparatlariga 100 foizlik tarif qöllanadi. Bunday boj dronlarning dok-stansiyalari va ayrim muhim butlovçi qismlariga ham tatbiq etiladi.

Xususan, maksimal uçiş oğirligi 25 kilogrammdan yuqori bölgan va teplovizorlar bilan jihozlangan dronlar uçun boj stavkasi mahsulot qiymatining 100 foizini taşkil etadi.

Maksimal uçiş oğirligi 25 kilogramm va undan kam bölgan dronlarga esa 25 foizlik import boji belgilangan.

Biroq ayrim davlatlar uçun alohida stavkalar nazarda tutilgan. Yevropa Ittifoqi mamlakatlari, Yaponiya, Janubiy Koreya, Şveysariya, Tayvan va Lixtenşteyndan import qilinadigan dronlar hamda ularning butlovçi qismlariga 15 foizlik tarif qöllanadi. Buyuk Britaniya mahsulotlari uçun esa boj stavkasi 10 foiz etib belgilangan.

Yangi tariflar proklamatsiya imzolanganidan 21 kun ötib kuçga kiradi. AQŞ milliy xavfsizligi uçun alohida ahamiyatga ega bölmagan dron komponentlariga bojlar esa hujjat imzolanganidan 180 kun keyin qöllana boşlaydi.

AQŞ dron işlab çiqarişni mamlakat içida oşirmoqçi

Oq uy yangi tariflarning joriy etilişini milliy xavfsizlik manfaatlari bilan izohladi.

AQŞ ma’muriyatiga köra, uçuvçisiz apparatlar zamonaviy qurolli mojarolarda muhim texnologiyaga aylangan va mamlakatning hozirgi hamda kelajakdagi harbiy operatsiyalari uçun katta ahamiyat kasb etadi.

Şu bilan birga, AQŞda dronlar işlab çiqariş muhim butlovçi qismlarni yetkazib beruvçi xorijiy kompaniyalarga boğliq bölib qolayotgani milliy va kiberxavfsizlik nuqtai nazaridan xavf tuğdirayotgani ta’kidlangan.

Şu sababli Vaşington dronlarni mamlakat içida işlab çiqariş hajmini tez sur’atlarda oşirişni maqsad qilgan.

Xitoyning dron bozoridagi ustunligi

AFP agentligi yangi tariflar haqidagi xabarida Xitoyning jahon dron sanoatidagi katta uluşiga e’tibor qaratgan.

Yaqinda The Telegraph naşri Buyuk Britaniya harbiy-dengiz kuçlariga tegişli dengiz razvedka dronlari Xitoyda işlab çiqarilgan komponentlar sabab ma’lumotlarni Xitoyga yaşirin ravişda uzatgani haqida xabar bergan edi.

Şuningdek, Bloomberg agentligi fevral oyida Xitoy dronlari Rossiyaga Tailand orqali yetkazib berilgani haqida yozgan. Agentlik ma’lumotlariga köra, 2025-yilning 11 oyi davomida Rossiya Tailanddan 125 million dollarlik uçuvçisiz apparatlarni import qilgan.

Bloomberg avvalroq Xitoy ayrim muhim dron komponentlarini Ğarb mamlakatlariga yetkazib berişni qisqartirib, ayni paytda Rossiyaga bunday mahsulotlar eksportini oşirgani haqida ham xabar bergan.

AQŞ ma’muriyati yangi tariflar orqali xorijiy yetkazib beruvçilarga qaramlikni kamaytiriş, içki dron sanoatini rivojlantiriş va milliy xavfsizlik uçun muhim texnologiyalarni mamlakatda işlab çiqarişni rağbatlantirişni közlamoqda.