Prezidentning 14-avgustdagi «Aholiga muddatli tölov xizmatlari körsatilişini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori (PQ–294-son) qabul qilindi.
Qarorga köra, 2027-yil 1-yanvardan muddatli tölov xizmati operatorlari faoliyati yölga qöyiladi. Bunda banklar va mikromoliya taşkilotlaridan taşqari, muddatli tölov xizmatini körsatuvçi yuridik şaxslar muddatli tölov xizmati operatori hisoblanadi.
Yuridik şaxslar muddatli tölov xizmatlarini körsatiş huquqiga Markaziy bank tomonidan şakllantiriladigan Muddatli tölov xizmati operatori faoliyatini amalga oşiruvçi taşkilotlar reyestriga kiritilganidan söng ega böladi.
Banklar va mikromoliya taşkilotlari Markaziy bankni xabardor qiliş orqali, boşqa yuridik şaxslar esa Markaziy bankda hisob röyxatidan ötiş orqali mazkur reyestrga kiritiladi.
Şuningdek, köçmas mulk, qonunçilikka muvofiq muomaladan çiqarilgan yoki muomalada bölişi çeklangan boşqa mulklar muddatli tölov xizmati ob’yekti bölişi mumkin emas.
Qaror bilan muddatli tölov xizmati operatorlari faoliyatiga qator çeklovlar ham belgilandi. Xususan, ularga moliyaviy iste’mol kreditlarini ajratiş hamda jismoniy şaxslardan pul mablağlarini jalb qiliş taqiqlanadi.
Bundan taşqari, operatorlarga muddatli tölov xizmatlarini körsatiş şartnomalari böyiça talab qiliş huquqidan faqat boşqa muddatli tölov xizmati operatori, mikromoliya taşkiloti yoki bank foydasiga voz keçişga ruxsat beriladi.










