Milliy statistika qömitasi ma’lumotlariga köra, joriy yilning birinçi yarmida Özbekiston taşqi savdo aylanmasi 41 mlrd dollarni taşkil etgan. Bu 2025-yilning yanvar–iyun oylariga nisbatan 2,8 mlrd dollarga yoki 7,4 foizga köp.
Hisobot davrida mamlakat eksporti 15,9 mlrd dollarni taşkil qilib, ötgan yilning mos davriga nisbatan 8,8 foizga kamaygan. Import esa 21 foizga ösib, 25,1 mlrd dollarga yetgan.
Natijada Özbekiston taşqi savdosida 9,3 mlrd dollarlik manfiy saldo şakllangan.
Şu bilan birga, umumiy eksport kamayganiga qaramay, oltin hisobga olinmagan tovarlar eksporti sezilarli ösiş körsatgan. Uning hajmi 8,2 mlrd dollarga yetib, bir yilda 28,7 foizga oşgan.
Statistikaga köra, yanvar–iyun oylarida eksport tarkibida tovarlar uluşi 60,9 foizni taşkil etgan. Jumladan, sanoat tovarlari 15,2 foiz, turli tayyor mahsulotlar 8,6 foiz, oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar 8,3 foiz, kimyoviy moddalar va şunga öxşaş mahsulotlar 8,1 foiz uluşga ega bölgan.












