Germaniyaning BMW kompaniyasi Çendudagi avtosalonga Xitoy bozori uçun maxsus işlab çiqilgan iX3 krossoverining uzaytirilgan versiyasini olib bordi. CarNewsChina xabariga köra, avtomobil uç xil komplektatsiyada 269 900 yuandan 339 900 yuangaça bölgan narxda sotuvga çiqarilgan (2026-yil 21-avgust holatiga köra 476 mln - 600 mln söm).

“Xitoyça” BMW iX3’ning yevropalik “oğa-ini”sidan asosiy farqi ğildirak bazasining uzaytirilgani (3 metrdan ortiq) va mahalliylaştirilgan dasturiy taʼminotidir. Taşqi körinişidan modellar deyarli farqlanmaydi. Uzaytirilgan krossover tor “burun teşiklari”ga ega soxta radiator panjarasi, yirik orqa diffuzor, yarim yaşirin eşik tutqiçlari va alohida orqa çiroqlar bilan jihozlangan.

Salonda jismoniy tugmalar soni minimal darajaga keltirilgan, asboblar paneli vazifasini esa old oyna böylab töliq joylaşgan uzunçoq ekran bajaradi. Şuningdek, avtomobil ğayrioddiy şakldagi ulkan multimedia tizimi displeyi bilan jihozlangan - u haydovçi tomoniga biroz qiyaroq örnatilgan.

Krossoverning Xitoy uçun möljallangan bazaviy versiyasi 265 ot kuçiga ega bitta elektromotor bilan jihozlangan. Bunday BMW iX3 100 km/soat tezlikka 6,8 soniyada erişa oladi. Bir zaradda bosib ötadigan masofasi 630 km ni taşkil etadi.


Şuningdek, modelning umumiy quvvati 374 ot kuçiga ega ikkita elektr dvigatelli modifikatsiyasi ham mavjud. Bir zarad bilan avtomobil qariyb 700 km masofani bosib ötişi mumkin. Uning 100 km/soatgaça tezlanişi 5,6 soniyani talab etadi. Krossoverning top versiyasi 469 ot kuçi quvvatga ega. Bir zaradda avtomobil 900 kmgaça masofani bosib öta oladi.













