Iordaniyaning Ammon News gazetasida bölajak "Yoşlar – kelajak bunyodkorlari" III xalqaro qurultoyiga bağişlangan maqola e’lon qilindi.

"Dunyo" xabariga köra, şu yilning 8–13 avgust kunlari Qaşqadaryo viloyatining Şahrisabz tumanida "Yoşlar - kelajak bunyodkorlari" III xalqaro qurultoyi bölib ötadi.

"Qurultoyning tantanali oçiliş marosimi 9 avgust Şahrisabzning Oqsaroy majmuasida ötkaziladi. Şuningdek, iştirokçilarni turli tanlovlar, plogging musobaqalari, ekologik va turistik loyihalar, kitobxonlik kuni, milliy va etnosport musobaqalari, yoşlar uçun biznesni taşkil qiliş, madaniy-köngiloçar tadbirlar va taniqli insonlar bilan uçraşuvlar kutmoqda", – deb yozgan Ammon News.

Iordaniya naşrida ta’kidlanganidek, qurultoy 1000 nafarga yaqin özbekistonlik va xorijlik yoşlarni öz atrofida birlaştiradi. Maqsad yoşlarning ekologiya va ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi faolligini oşiriş, ularni turizm sohasiga keng jalb etiş, yoş avlodning ekologiya va turizm sohasidagi istiqbolli ğoyalari hamda loyihalarini röyobga çiqarişdir.