Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputatlari «Içki işlar organlari profilaktika inspektorining maqomi töğrisida»gi qonun loyihasini birinçi öqişda körib çiqdi.

Taʼkidlanişiça, bugungi kunda joylarda huquqbuzarliklarni barvaqt oldini oliş, aholi osoyiştaligini taʼminlaş va xavfsiz muhitni şakllantirişda profilaktika inspektorlari muhim örin tutadi.

Şu munosabat bilan ularning huquqiy maqomi, vazifa va vakolatlari hamda kasbiy faoliyati kafolatlarini yagona qonun bilan aniq belgilaş taklif etilmoqda.

Qonun loyihasida profilaktika inspektorining maqomi, asosiy vazifalari, huquq va majburiyatlari, javobgarligi hamda xizmatni ötaş tartibi belgilab berilmoqda.

Inspektorni begona işlarga jalb qilişga yöl qöyilmaydi

Loyihada profilaktika inspektorining kasbiy faoliyatiga asossiz aralaşişga yöl qöymaslik nazarda tutilgan.

Şuningdek, inspektorni uning xizmat vazifalari bilan boğliq bölmagan işlarga jalb qiliş va unga qöşimça vazifalar yuklaşga yöl qöyilmasligi belgilanmoqda.

Bu orqali profilaktika inspektorlarining asosiy eʼtiborini bevosita öz xizmat vazifalari, jumladan, huquqbuzarliklarning oldini oliş va aholi bilan işlaşga qaratiş közda tutilgan.

Har çorakda aholi oldida hisobot beradi

Qonun loyihasida profilaktika inspektorlarining aholi oldidagi hisobdorligini kuçaytirişga ham alohida eʼtibor qaratilgan.

Xususan, profilaktika inspektori har çorakda öziga biriktirilgan xizmat hududida amalga oşirilgan işlar yuzasidan aholi va jamoatçilik oldida hisobot berişi belgilanmoqda.

Bundan taşqari, aholining profilaktika inspektori faoliyatiga nisbatan «işonçsizlik taşabbusi»ni bildiriş mexanizmini joriy etiş taklif qilinmoqda.

Taqdim etilgan maʼlumotda uşbu taşabbusni bildiriş tartibi, buning uçun qança fuqaroning qöllab-quvvatlaşi talab qilinişi yoki «işonçsizlik» bildirilişi qanday huquqiy oqibatlarga olib kelişiga aniqlik kiritilmagan.

Inspektorlarning ijtimoiy himoyasi kuçaytiriladi

Hujjatda profilaktika inspektorlarining ijtimoiy-huquqiy himoyasini mustahkamlaş böyiça ham qator kafolatlar nazarda tutilgan.