Tambov viloyati gubernatori Yevgeniy Pervyşov Wildberries logistika markaziga dron kelib tuşganini tasdiqladi. Uning maʼlum qilişiça, havo hujumidan mudofaa tizimi hamda «BARS-Tambov» mobil öt oçiş guruhlari tomonidan jami 16 ta uçuvçisiz uçiş apparati yöq qilingan.

Şunga qaramay, dronlardan biri logistika markaziga zarba bergan va natijada katta yonğin boşlangan.

«Ukraina dronlari zarbalari natijasida Wildberries logistika markazida yonğin sodir böldi. Yonğin maydoni 40 ming kvadrat metrni taşkil etdi», - degan viloyat rahbari.

Hujum oqibatida omborning bir nafar xodimi jarohatlangan. Şuningdek, viloyat hududida dron qulaşi natijasida xususiy uylardan birida ham yonğin çiqqan.

Ijtimoiy tarmoqlarda Kotovskdagi logistika markazida sodir bölgan yirik yonğin aks etgan videolar tarqaldi. Kadrlarda obyekt hududidan katta miqdorda tutun kötarilayotgani va yonğin keng maydonni qamrab olganini köriş mumkin.

Oçiq manbalardagi maʼlumotlarga köra, Wildberriesʼning Kotovskdagi logistika majmuasi umumiy hisobda 108 ming kvadrat metr maydonni egallaydi.

Mazkur obyekt avval ham dronlar hujumiga uçragan. Xususan, 18-iyulga ötar keçasi ombor majmuasiga uçuvçisiz uçiş apparati zarba berişi natijasida yirik yonğin sodir bölgan. Öşa hodisada yetti kişi halok bölgan va yana 25 kişi jabrlangani xabar qilingan.

Kstovodagi neftni qayta işlaş zavodi yaqinida ham yonğin

Ayni paytda Nijniy Novgorod viloyatining Kstovo şahri aholisi mahalliy neftni qayta işlaş zavodi joylaşgan hududda kuçli yonğin kuzatilgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda xabar bergan.

Gap «Lukoyl-Nijegorodnefteorgsintez» neftni qayta işlaş zavodi haqida ketmoqda. Tarqalgan kadrlarda korxona joylaşgan hudud yaqinida kuçli yonğin va osmonga kötarilayotgan tutunni köriş mumkin.

26-avgustga ötar keçasi Nijniy Novgorod viloyatida havo hujumi xavfi rejimi amal qilgan. Biroq mahalliy hokimiyat dastlab dronlar hujumining ehtimoliy oqibatlari haqida batafsil maʼlumot bermagan.

Kstovodagi zavod Rossiya hududidagi neftni qayta işlaş obyektlariga Ukraina dronlari zarbalari kuçayganidan buyon bir neça bor hujumga uçragan.