Beşqozon birinçi JO‘JA tovuqli oşini va «Oş - bu Bizning quvvatimiz» videomanifestini taqdim qildi
|17:59 / 28.08.202626 0277 min
Reklama
Mijozlarning ijobiy fikr-mulohazalaridan söng, Beşqozonning barça filiallari asosiy menyusiga JO‘JA tovuqli oşi kiritildi va tarmoqning asosiy restoranida, teleminora yonida taom uçun maxsus mozaikali qozon oçildi. Şuningdek, brend özining yangi videomanifestini taqdim qildi.
15-avgust kuni Beşqozon va JO‘JA Özbekiston pazandaçilik tarixida yangi sahifa oçdi. Restoranlar tarmoğining boş filialida anʼanaviy retsept asosida haqiqiy sanʼat asari - Toşkentning afsonaviy meʼmoriy mozaikalari bilan hamohang bölgan mozaika texnikasida işlangan qozonda tayyorlangan birinçi JO‘JA tovuqli oşining rasmiy taqdimoti bölib ötdi.
JO‘JA - Özbekistonda işlab çiqariladigan sifatli halol parranda göşti mahsulotlari brendi. Bugungi kunda quyidagilar işga tuşirilgan va faoliyat yuritmoqda:
• Fayz Parranda MÇJning omixta yem zavodi va parranda göştini qayta işlaş korxonasi;
• 2025-yilda sotib olingan Saxovat Broyler AJ majmuasi rekonstruksiya bosqiçida;
• parranda göştini çuqur qayta işlaş sexini quriş böyiça tayyorgarlik işlari olib borilmoqda.
Bir neça oy avval Servolux kompaniyasi JO‘JA mahsulotlarini Beşqozon restoranlariga yetkazib beriş böyiça eksklyuziv şartnoma tuzdi. Sinov davri şuni körsatdiki, anʼanaviy özbek taomining yangi talqini katta maşhurlikka ega böldi - mehmonlar tovuq göştidan tayyorlangan oşning taʼmi, sersuvligi va möʼtadil kaloriyaliligini alohida taʼkidlaşmoqda. Isteʼmolçilarning yuqori baholari, mahsulot sifati va işonçli hamkorlik JO‘JA tovuqli oşini Beşqozonning barça filiallari asosiy menyusiga kiritiş imkonini berdi.
Birinçi JO‘JA tovuqli oşining tantanali taqdimoti va JO‘JA qozonining oçiliş marosimi Teleminora yonidagi Beşqozon (Örta Osiyo oş markazi) boş filialida bölib ötdi. Beşqozon mehmonlari haqiqiy pazandaçilik bayramining guvohi böldilar, uning öziga xos qismi esa tantana, quvonç va farovonlik ramzi bölgan «Navo» xalq ansambli ijrosidagi karnay-surnay musiqiy anʼanasi böldi.
Mavzuga oid
Tasmani kesiş marosimida tadbirning faxriy mehmonlari iştirok etdilar:
• Belarusning Özbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elçisi Aleksandr Ogorodnikov;
• Servolux CA MÇJ XK boş direktorining savdo böyiça örinbosari Aleksey Kovalyov;
• Beşqozon Yunusobod filiali direktori Mirsaid Aripov;
• Synthesis agentligi kreativ direktori Farrux Şarif.
JO‘JA qozoni - JO‘JA brendi va Synthesis kreativ agentligining qöşma loyihasi. Qozonning noyob dizayni Turdiyevlar oilasining avloddan avlodga hunar davom ettirib kelayotgan özbek ustalari tomonidan mozaika sanʼati texnikasida yaratilgan.
Şuningdek, oçiliş uçun maxsus JO‘JA lagani yaratildi. U Farğona hunarmandlari tomonidan butun dunyoga maşhur Rişton naqqoşlik texnikasida - nafis, yorqin va detallarga boy tarzda işlangan.JO‘JA qozoni va lagani Özbekistonning yangi madaniy kodining - afsonaviy Beşqozon restoranlar tarmoğidagi birinçi JO‘JA tovuqli oşining ramzlariga aylandi.
Oş – bu Biz, Oş – bu Bizning quvvatimiz
Beşqozon yangi “Oş – bu Biz, Oş – bu Bizning quvvatimiz” brend manifestini ham taqdim etdi. Rolikning asosiy ğoyasi - oşni özbek xalqiga avlodlar davomida kuç va energiya berib kelayotgan milliy taom sifatida körsatiş.
Filmda özbeklarning doimiy harakati va mehnati milliy raqs harakatlari bilan uyğunlaştirilgan. Dehqonning mehnati, temirçining bolğa zarbasi, kulolning harakati, futbolçi va oddiy insonlarning kundalik hayoti yagona ritmga birlaşadi. Şu orqali Beşqozon oş – doimo oldinga harakat qiladigan xalqning kuçi degan ğoyani oçib beradi.
Rolikda sunʼiy intellekt orqali yaratilgan tasvirlardan foydalaniş örniga, Özbekistonning turli hududlaridagi haqiqiy insonlar, haqiqiy mehnat va real lokatsiyalar tasvirga olindi. Film uçun anʼanaviy özbek musiqasi zamonaviy elektron ohanglar bilan uyğunlaştirilgan.
Şuningdek, Beşqozon menyusi yanada mazali somsa turlari bilan boyidi. Endilikda mehmonlar mol göştli, tovuq göştli hamda sabzavot va göştli somsalarni tatib körişlari mumkin. Yangi mahsulotlar taqdimoti munosabati bilan barça somsa turlari uçun 3+1 aksiyasi amal qilmoqda: 3 ta somsa xarid qilinganda, yana 1 tasi bepul taqdim etiladi.
Beşqozon haqida
Beşqozon - aylanma hajmi böyiça Özbekistondagi eng yirik oş markazlari tarmoği va mamlakatda hamda uning taşqarisida eng tanilgan oş brendlaridan biri. Brendga bölgan xalqaro qiziqiş gastronomik naşrlardagi materiallar, sayyohlar şarhlari va tanqidçilar fikrlari bilan tasdiqlanadi.
Beşqozonning Yunusobod tumanida, teleminora yonida joylaşgan filiali «Örta Osiyo oş markazi» sifatida tanilgan va tarmoqning eng maşhur nuqtalaridan biri bölib qolmoqda. Har kuni Beşqozon nuqtalariga 10 mingdan ortiq mehmon taşrif buyuradi.
Ular orasida Toşkent aholisi, Özbekiston hududlaridan kelgan mehmonlar va xorijiy sayyohlar bor. Yil davomida tayyorlanadigan oş porsiyalari hajmi böyiça Beşqozon dunyodagi yetakçi oş tarmoği hisoblanadi.
27 yil davomida brend Toşkentda borib köriş şart bölgan manzillardan biriga aylandi. 20-may kuni Beşqozon milliy gastronomiyani rivojlantiriş, oş brendini ommalaştiriş hamda sifat va xizmat körsatişning yuqori standartlarini joriy etgani uçun Brand Awards International 2026 mukofotiga sazovor böldi.
23–24-may kunlari Toşkentda Beşqozonning 27 yilligi munosabati bilan festival va yoş oşpazlar örtasida birinçi oş çempionatini ötkazdi: ğolib Haval M6 avtomobilini qölga kiritdi.
Rivojlanişning navbatdagi bosqiçi beşinçi yangi filial - Beşqozon Farğona yöli oçilişi böladi. U Toşkent şahri, A. Furqat köçasi, 3A manzilida, «Risoviy» bozori yaqinida joylaşadi. Yangi obyekt tarmoqning 5-filiali bölib, brendning kengayiş strategiyasini davom ettiradi.
Beşqozondan taom buyurtma qiliş uçun ilova, Telegram-bot, sayt va 1440 raqamli koll-markazi mavjud. Har bir röyxatdan ötgan yangi foydalanuvçiga 5000 söm salom bonusi va birinçi bepul yetkazib beriş xizmati taqdim etiladi, şuningdek, har bir buyurtmadan 2% keşbek oliş imkoniyati mavjud.
Beşqozon filiallari quyidagi manzillarda joylaşgan:
JO‘JA brendi - yuqori sifati va ajoyib taʼmi bilan ajralib turadigan, turli tayyorlik darajasidagi parranda göşti mahsulotlarining keng assortimenti bölib, u uy şaroitida ham pazandaçilik durdonalarini yaratiş imkonini beradi.
Brend mahsulotlari Toşkentdagi firma savdo tarmoğida, şuningdek, poytaxt va mamlakat hududlaridagi barça yirik dökonlarda sotuvga qöyilgan.