Oʻzbekiston mustaqilligining 35 yilligi bayrami arafasida Toshkentdan Andijonga ilk bor yangi tezyurar elektropoyezd yetib bordi.

Xitoydan olib kelingan zamonaviy elektropoyezd texnik sinov qatnovi doirasida Toshkent-Andijon yoʻnalishida harakatlandi.

Maʼlum qilinishicha, poyezd soatiga 160 kilometrgacha tezlikda harakatlana oladi. Ilk sinov qatnovida u Toshkentdan Andijonga 4 soatda yetib borgan.

Yangi elektropoyezd Fargʻona vodiysi aholisi hamda hududga tashrif buyuruvchi mehmonlarga xizmat koʻrsatishi rejalashtirilgan.

Texnik sinovlar yakunlanganidan soʻng poyezd yaqin kunlarda tasdiqlangan harakat jadvali asosida yoʻlovchilarni tashishni boshlashi kutilmoqda.