BMTda çiqiş qilgan yetakçilar va Turkiyada bolalar iştirokidagi otişma – kun dayjesti
|14:33 / 23.09.20266 9428 min
Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqea va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomada taniştiramiz.
BMTdagi çiqişlar
22 cyentabr kuni Nyu Yorkda BMT Boş Assambleyasi 81-sessiyasining yuqori darajadagi umumiy munozaralari boşlandi. 6 iş kuni davom etadigan munozaralar kelasi duşanba kuni yakunlanadi.
Birinçi kun ikki xil dunyoqaraşlar töqnaşuvi bilan esda qoldi. Antoniu Guterriş BMT Boş kotibi sifatida Assambleyadagi sönggi nutqini qildi. U sönggi yillarda dunyodagi yoriqlar jarlarga aylanganini aytdi. Uning sözlariga köra, super davlatlar xavfsizlikni kafolatlaş yoki dunyo muammolarini hal qiliş uçun yetarliça qudratga yakka özi ega emas.
U Isroil nomini tilga olmasdan, Ğazodagi vaziyatni öz faoliyatida körmagan miqyosdagi qirğin va vayronagarçilik deb atadi. Şuningdek, Ğarbiy sohildagi zöravonlik va köçmançilar ekspansiyasi ikki davlat yeçimini yöqqa çiqarayotganidan ogohlantirdi.
Braziliya prezidenti Lula da Silvaga köra, BMTning obrösi Xavfsizlik Kengaşining veto huquqidan foydalanişi va geosiyosiy keskinlik tufayli zaiflaşgan.
Mezbon davlat sifatida çiqiş qilgan AQŞ prezidenti Donald Tramp esa uzoqroq gapirdi. U Eron bilan kelişuv tuziş yoki uni butunlay yöq qiliş örtasida qaror qabul qilayotganini aytdi. U sunʼiy intellektni global tartibga soliş ğoyasini rad etdi. Tramp Kuba hukumati yaqinda qulaşini başorat qildi va Xalqaro jinoyat sudiga aʼzo davlatlarni undan çiqişga çaqirdi. Şuningdek, u sunʼiy intellektni «superintellekt» deb qayta nomladi va narkokartellarni IŞID bilan qiyosladi.
Tramp Kubaga bosim kampaniyasi haqida gapirganda Kuba delegatsiyasi zalni tark etdi. Nutqdan söng u AQŞ rasmiylari Assambleya çetida Eron vakillari bilan uç soatlik «juda yaxşi» uçraşuv ötkazganini maʼlum qildi.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan nutqi markaziga Falastin masalasini qöydi. U xalqaro hamjamiyatni Ğazo böyiça qatʼiyroq harakat qilişga, Falastin davlatini tan olişga çaqirdi. Uning nutqi paytida Isroil delegatsiyasi zalni tark etdi.
Fransiya prezidenti ölaroq BMTdagi sönggi nutqini sözlagan Emmanuel Makron dunyo tanlov oldida turganini aytdi: yo «örmon qonuni»ga qaytiş, yo sivilizatsiyalaşgan xalqaro jamiyatda yaşaş. U Rossiya va Ukraina energetika, fuqarolik infratuzilmasiga zarba berişdan özaro voz keçişini qöllab-quvvatladi. Tramp global sunʼiy intellekt regulyatsiyasini rad etgan bölsa, Makron davlatlarni Xitoy va AQŞdan mustaqil bölgan – oçiq kodli ilğor sunʼiy intellekt modelini birgalikda yaratişga çaqirdi.
Mavzuga oid
Makron, şuningdek, Ğazo haqida «barçamizni şarmanda qiladigan bu manzaraga qarab turmasligimiz kerak», dedi. U ikki davlat yeçimi barça uçun xavfsizlik kafolati ekanini taʼkidladi.
Şuningdek, BMT ilk kunidagi tadbirlarida önlab boşqa davlatlar yetakçilari ham çiqiş qilib, global masalalarni kun tartibiga qöydi.
Zelenskiyning bayonoti
Ukraina prezidenti seşanba kuni eʼlon qilingan bayonotida Rossiya uning mamlakatiga qarşi yangi yirik hujum tayyorlayotganini aytdi. Volodimir Zelenskiy Ukraina yangi havo hujumidan mudofaa tizimlarini taʼminlaş borasida öz ittifoqçilari bilan doimiy aloqada ekanini taʼkidladi.
«Hozirda Rossiya Ukrainaga qarşi yangi ommaviy hujum tayyorlayotgani haqida razvedka maʼlumotlari mavjud», dedi u. Zelenskiyga köra, «ukrainaliklar har kuni raketa va dronlar hujumi xavfi ostida yaşayotgan bir paytda» Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni yumşatiş haqida heç qanday gap bölişi mumkin emas.
Rossiya kuçlari uzoq vaqtdan beri tunda dronlar va raketalar yordamida keng kölamli hujumlar uyuştirib kelmoqda, biroq sönggi haftalarda taktikani özgartirib, kun davomida tinimsiz zarbalar bermoqda.
Nyu Yorkda bölgan vaqtida Zelenskiy AQŞ prezidenti Donald Tramp bilan sulh, energetika obyektlari böyiça ehtimoliy ikki tomonlama öt oçişni töxtatiş masalasini muhokama qildi.
Wall Street Journal’ga bergan intervyusida Zelenskiy - Rossiya prezidenti muzokaralar ötkazişga özini majbur deb bilmayotganini aytdi.
«Jang maydonidagi vaziyat Putin uçun muvaffaqiyatli emas. U yutmayapti, bu rost. U yutqazmayapti ham, bu ham rost. Çunki u uçun inson yöqotişlari mağlubiyat hisoblanmaydi... ammo uning jamiyati odamlarni yöqotmoqda», dedi Zelenskiy. «U töxtaşi kerakligini his qilmayapti».
Turkiyada yana bolalar iştirokida otişma
Turkiyaning Manisa viloyatidagi maktab yaqinida sodir bölgan otişma oqibatida kamida 11 öquvçi jarohat oldi, ulardan ikki nafarining ahvoli oğir. Mahalliy hokimiyat organlarining maʼlum qilişiça, hujum Turgutlu tumanidagi litseyda - tonggi 8 larda sodir bölgan.
Mamlakat adliya vaziri Akin Gurlekning aytişiça, otişma sodir etgan şaxs uşbu maktab öquvçisi bölgan. U özining ota-onasi va bobosi bilan birgalikda hibsga olindi.
Gumonlanuvçi qurolni bobosi va buvisining uyidan olgani, bobosining uşbu qurolga ruxsatnomasi bölgani taxmin qilinmoqda.
Otişma sabablari tergov qilinmoqda. Ayrim xabarlarga köra, öquvçi maktabda bezorilik va bullingdan aziyat çekkan bölişi mumkin.
Internetda eʼlon qilingan videolavhalarda maktab yaqinida miltiq kötarib yurgan erkak kişi tasvirlangan. Politsiya oilalarni bu hududdan uzoqroq turişga çaqirgan.
Turkiyada maktablardagi otişmalar kam uçraydigan holat, ammo birgina joriy yilning özida millatni larzaga solgan ikkita ketma-ket otişma sodir böldi.
Prezident Erdöğan sönggi otişmaga munosabat bildirib, qurol ustidan nazoratni yanada kuçaytirişga vaʼda berdi.
Tramp va OAVlar mojarosi
Oq uy AQŞdagi bir qator OAVlar bilan ziddiyat fonida prezident haqida özining onlayn kanalini işga tuşirdi. Duşanba kuni «Trump TV» deb nomlangan strim boşlandi. Oq uyning xabar berişiça, strim 24/7 rejimda işlaydi.
TV'ning işga tuşirilişi Trampning bir neçta OAVlar bilan kuçayib borayotgan ziddiyati fonida bölib ötdi.
Ötgan haftada prezident Tramp ularni feyk yangiliklar tarqatişda ayblab, CNN, MS NOW telekanallari va Politico naşri muxbirlarini Oq uyga kiriş huquqidan mahrum qildi. Tanqidçilar buni qörqitişga uriniş va matbuot erkinligiga hujum sifatida baholadi. Uçta mediakompaniya daʼvo arizalari bilan sudga murojaat qildi.
Kirişning çeklanişiga javoban, Amerikaning boşqa yirik telekanallari prezident iştirokidagi tadbirlarni har kunlik yoritişni qisqartirdi. Yirik gazetalar, jumladan, New York Times va Washington Post ham norozilik belgisi sifatida fotosyomkalarni qisqartirdi. Oq uy televizion puli konsorsiumi raisi, Fox News'ning Vaşington byurosi rahbari Brayan Bouton ham «CNN'ga qilingan munosabat uçun» televizion pul Donald Tramp iştirokidagi tadbirlarni yoritişni töxtatişini eʼlon qildi.
Ayni paytda bir neçta amerikalik jurnalist Trampning çiqişini masxara qildi. Ularning fikriça, Tramp uşbu çiqişida özi örnatgan senzura qurboniga aylangan: Oq uydagi matbuot tadbirida prezident bir neça daqiqa gapirdi, biroq Oq uyning töğridan töğri translyatsiyasida uni eşitib bölmadi.
Yaponiyada kuçli tayfun
Şu kunlarda Yaponiyaga joriy yildagi 25-tayfun «Dujuan» yopirilgan. U keltirib çiqargan kuçli yomğirlar oqibatida baʼzi hududlarda yer köçkisi sodir böldi.
Rasmiylar çorşanba tongida Kanagava va Çiba prefekturalarida jami töqqiz kişining halok bölgani tasdiqlandi. Tokioga tutaş bölgan uşbu ikkala prefekturada yana beş kişi bedarak yöqolgan.
Prefektura hukumatlari harbiylar va qutqaruvçilar hamkorligida bedarak yöqolgan odamlarni qidirmoqda.
Duşanba kuni Yaponiyaning şarqiy qirğoqlariga yaqinlaşgan «Dujuan» tayfuni evakuatsiya böyiça körsatmalarni keltirib çiqargan hamda yuzlab aviareyslarning bekor qilinişiga sabab bölgandi.
Olimlarga köra, tayfun soatiga 144 kilometr tezlikdagi şamollar va kuçli yomğirlarni olib kelgan. Tabiiy ofat Osiyo öyinlariga mezbonlik qilayotgan Ayti prefekturasidagi ayrim tadbirlarga, şuningdek, içki sayyohlik yönalişlariga ham taʼsir qilgan.