Yevropaning beshta yetakchi chempionati - Angliya Premyer-ligasi, Ispaniya La Ligasi, Italiya A Seriyasi, Germaniya Bundesligasi va Fransiya 1-ligasida yozgi transfer oynasi yopildi.

Futbol tarixidagi eng qimmat oʻnta transferdan uchtasi shu yozda amalga oshirildi va ularning barchasi Angliya Premyer-ligasi doirasida roʻy berdi - gap Enso Fernandes, Morgan Rojers va Elliot Andersonning transferlari haqida bormoqda.

Bu yozda 100 million yevrodan oshgan transferlar

Bu yozda eng katta summa toʻlangan olti nafar futbolchidan besh nafari Angliya Premyer-ligasi klublari safiga borib qoʻshildi, faqat bir nafari Ispaniya La Ligasiga oʻtdi.

Snimok ekrana - 2026-09-03 v 19.57.14
Enso Fernandes (Manchester Siti)

«Chelsi»dan «Manchester Siti»ga 145 mln yevro evaziga oʻtgan argentinalik yarimhimoyachi Enso Fernandes joriy mavsumdagi eng qimmat transferlar roʻyxatida birinchi oʻrinni egalladi.

02
Morgan Rojers (Chelsi)

Ikkinchi oʻrinda «Aston Villa»dan «Chelsi»ga 138 mln yevro evaziga oʻtgan angliyalik yarimhimoyachi Morgan Rojers qayd etildi.

03
Elliot Anderson (Manchester Siti)

Uchinchi pogʻonani «Nottingem Forest»dan «Manchester Siti»ga 135 million yevro evaziga koʻchib oʻtgan angliyalik yarimhimoyachi Elliot Anderson band qildi.

04
Bredli Barkolya (Liverpul)

«PSJ»dan «Liverpul»ga 125 million yevro evaziga oʻtgan fransiyalik chap qanot vingeri Bredli Barkolya toʻrtinchi oʻrindan joy oldi.

Kopiya 05
Yan Diomand (Real Madrid)

Joriy yozdagi eng qimmat beshta kelishuvni Yan Diomandning transferi yakunlab berdi: Madrid klubi «Leypsig» himoyachisi uchun 125 million yevro toʻladi.