ABB’ning Özbekiston bozoriga kirişi uşbu Ozarbayjon moliya guruhining xalqaro strategiyasida muhim bosqiç hisoblanadi. Huquqiy jarayonlar yakunlangaç, “Davr Bank” “ABB Davr” brendiga ötişni boşlaydi; uşbu brend faoliyatini joriy yilning oktabr oyidayoq yölga qöyiş rejalaştirilgan. ABB Boşqaruv raisi Abbos Ibrohimov yangi bankning dastlabki qadamlari, raqamlaştiriş va sunʼiy intellekt sohasidagi ustuvor yönalişlar, kiçik va örta biznesni qöllab-quvvatlaş rejalari hamda Özbekistonning yetakçi xususiy banklaridan birini barpo etişga qaratilgan maqsadlar haqida söz yuritdi.

- 23-avgust kuni Ozarbayjon va Özbekiston prezidentlari iştirokida ABB Davr loyihasiga rasman start berildi. Hozir köpçilikni asosiy savol qiziqtiradi: bank ABB Davr brendi ostida qaçon işlay boşlaydi?

- Ha, 23-avgust biz uçun tarixiy kunga aylandi. Ozarbayjon Respublikasi prezidenti janob Ilhom Aliyev va Özbekiston Respublikasi prezidenti janob Şavkat Mirziyoyev iştirokida ABB Davr loyihasiga rasman start berildi. Ozarbayjon prezidenti bu voqeani yetakçi Ozarbayjon bankining Özbekiston bozoriga çiqişi sifatida taʼrifladi. Bizning uçun bu bir vaqtning özida katta ğurur va katta masʼuliyatdir.

Biz uşbu loyihaga yuqori darajada körsatilgan qöllab-quvvatlaş uçun Ozarbayjon va Özbekiston prezidentlariga minnatdorçilik bildiramiz. Şuningdek, loyihani amalga oşirişning barça bosqiçlarida bizga kömaklaşgan ikki mamlakat davlat tuzilmalariga - markaziy banklarga, Ozarbayjon Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga, Özbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiga, şuningdek, Özbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantiriş va isteʼmolçilar huquqlarini himoya qiliş qömitasiga minnatdorçilik bildirişni istardik.

Loyihaning rasmiy startidan oldin barça zarur ruxsatnomalar olindi va aksiyalarni sotib oliş-sotiş şartnomasi allaqaçon imzolandi. Keyingi bosqiçda qonunçilik va şartnomada nazarda tutilgan tartib-taomillarga muvofiq aksiyalarga bölgan huquqlarning yuridik ötkazilişi amalga oşiriladi va aksiyadorlar reyestriga tegişli özgartirişlar kiritiladi. Uşbu jarayon yakunlangandan söng ABB Davr Bankning asosiy aksiyadoriga aylanadi. Biz bu jarayon yaqin 7–10 kun içida yakunlanişini kutmoqdamiz.

ABB Davr brendi ostida iş bankning nomi özgarişi bilan boğliq rasmiy tartib-taomillar yakunlangandan söng darhol boşlanadi. Menimça, taxminan oktabr oyida ABB Davr brendini köramiz.

- Rebrengding qanday tartibda ötkaziladi?