Ochilish marosimida mehmonlarga taʼlim muassasasi infratuzilmasi, zamonaviy sinfxonalari va oʻquvchilar uchun yaratilgan sharoitlar namoyish etildi. Shuningdek, milliy oʻquv dasturi bilan bir qatorda xalqaro yondashuvlardan foydalanish, oʻquvchilarning akademik bilimi, zamonaviy kasbiy va hayotiy koʻnikmalarini rivojlantirishga eʼtibor qaratilishi maʼlum qilindi.

Ahmad International School Tashkent (AIST)da oʻquv tizimi milliy dastur hamda xalqaro taʼlim yondashuvlari asosida tashkil etilgan. Oʻquvchilar matematika, fizika, kimyo, biologiya kabi anʼanaviy fanlardan tashqari robototexnika, sunʼiy intellekt, IT va STEAM yoʻnalishlarini ham oʻrganishi mumkin.

Maktabda ayrim tabiiy fanlar, jumladan, kimyo, biologiya, fizika hamda matematikani ingliz tilida oʻqitishga kuchliroq urgʻu berilgan. Bundan tashqari, yuqori sinf oʻquvchilarini xalqaro imtihonlarga tayyorlash, xususan, IELTS va SAT natijalariga erishish hamda universitetga kirish jarayonida zarur boʻladigan portfolio shakllantirish yoʻnalishlarini yoʻlga qoʻyish ham koʻzda tutilgan.

Muassasa maʼmuriyati taʼlim jarayoniga xalqaro sertifikatlarga ega mutaxassislar jalb qilganini taʼkidlamoqda. Ular orasida Kanadadan kelgan, matematika fanini SAT, IB va Cambridge tizimlari asosida oʻqitish tajribasiga ega pedagoglar ham bor.

AIST School 15 ming kvadrat metr hududda joylashgan boʻlib, 900 nafar oʻquvchiga moʻljallangan. Taʼlim muassasasida oʻquv xonalari bilan bir qatorda sport zali va futbol maydonlari ham mavjud. Maktab hududida xavfsizlik tizimi sutka davomida 24/7 rejimida ishlashi koʻzda tutilgan.

Taʼlim olish narxi oyiga 4,8 mln soʻm etib belgilangan. Shartnoma tuzilganidan keyin ushbu toʻlov miqdori ikki yil davomida oʻzgarmasligi maʼlum qilindi.

Hozirda maktabga 1–9-sinflar uchun qabul ochiq. Qabul jarayoni dekabr oyigacha davom etishi rejalashtirilgan.

 

📍Manzil: Hasanboy Guzari mahalla fuqarolar yigʻini, Yuqori Hasanboy koʻchasi, 37B

Telefon: 📞+998 55 000 55 00