Rubio Samarqand koʻp asrlar davomida xalqaro savdo aloqalarining muhim markazi boʻlib kelganini taʼkidlagan. Bugun esa ushbu zamin ikki mamlakat oʻrtasidagi hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan muloqotlarga mezbonlik qilmoqda.

Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva davlat kotibining Oʻzbekistonga ilk tashrifi aynan Samarqandda oʻtayotgani oʻziga xos ramziy maʼnoga ega ekanini qayd etgan.

Avvalroq Rubio Oʻzbekistonga Amerika kompaniyalarining yuz nafardan ortiq vakilidan iborat delegatsiya boshchiligida tashrif buyurayotgani xabar qilingan edi.

Tashrif dasturida Samarqandda C5+1 formati - Markaziy Osiyoning besh davlati va AQSH tashqi siyosat idoralari rahbarlarining uchrashuvi ham koʻzda tutilgan. Shuningdek, Oʻzbekiston rahbariyati va mintaqa mamlakatlari vakillari bilan muzokaralar rejalashtirilgan.

Uchrashuvlarning asosiy mavzulari iqtisodiy hamkorlik, savdo, xususiy investitsiyalar, energetika xavfsizligi va mintaqaviy oʻzaro bogʻliqlikni rivojlantirishdan iborat.

Samarqand C5+1 formati tarixida ham alohida oʻrin tutadi: ushbu muloqot maydoni 2015-yil noyabr oyida aynan shu shaharda ishga tushirilgan. U Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston va AQShni birlashtiradi.
















