Milliy statistika qömitasining dastlabki maʼlumotlariga köra, 2026-yilning yanvar–iyul oylarida Özbekiston jahonning 200 dan ortiq mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oşirgan.
Mazkur davrda Özbekiston taşqi savdo aylanmasida eng katta uluş Xitoy hissasiga töğri kelgan. Uşbu mamlakat bilan savdo aylanmasi 11,3 mlrd AQŞ dollariga yetgan.
Ikkinçi örinni 8,1 mlrd dollarlik körsatkiç bilan Rossiya Federatsiyasi egallagan. Qozoğiston esa 3,3 mlrd dollarlik taşqi savdo aylanmasi bilan uçinçi örinda qayd etilgan.
Keyingi örinlarda Turkiya - 1,6 mlrd dollar, Afğoniston - 1,2 mlrd dollar, Fransiya va Koreya Respublikasi - 1,1 mlrd dollardan körsatkiç bilan joylaşgan.
Şuningdek, Özbekistonning Birlaşgan Arab Amirliklari bilan taşqi savdo aylanmasi 928,7 mln dollarni, Turkmaniston bilan 779,4 mln dollarni taşkil etgan.
Top-10 röyxatini Xitoyning maxsus maʼmuriy hududi hisoblangan Hongkong yakunlagan. Özbekiston va Hongkong örtasidagi savdo aylanmasi yetti oyda 776,8 mln dollarga yetgan.
Şu tariqa, 2026-yil yanvar–iyul oylarida Özbekistonning taşqi savdo aylanmasidagi eng yirik önta hamkori Xitoy, Rossiya, Qozoğiston, Turkiya, Afğoniston, Fransiya, Koreya Respublikasi, BAA, Turkmaniston va Hongkong bölgan.












