Rossiya va Ukraina, eng avvalo, uruşni tugatiş masalasida özaro kelişib olişi kerak, boşqa davlatlar esa bu jarayonni qöllab-quvvatlaşi va unga yordam berişi mumkin. Bu haqda Vladimir Putin Şarqiy iqtisodiy forum doirasida gapirdi.

Putinning fikriça, Ukrainadagi uruşni diplomatik yöl bilan hal qiliş imkoniyati hali ham mavjud.

«Eng avvalo, Rossiya va Ukraina özaro kelişib olişi kerak. Qolgan barça mamlakatlar esa buni qöllab-quvvatlaş va yordam berişga tayyor. [...] Imkoniyat bormi? Menimça, ha, bor», - dedi u.

Rossiya prezidenti Moskva va Kiyev örtasida maxsus xizmatlar yönalişi böyiça aloqalar saqlanib qolayotganini ham maʼlum qildi. Biroq Putin bu muloqotlar tinçlikka erişişga qay darajada yordam berişi mumkinligi haqida aniq fikr bildirmagan.

Şu bilan birga, u Ukrainaning Qora dengizdagi transport kemalariga hujumlari va Kiyevning Rossiya havo hududi xavfsiz emasligi haqidagi bayonotlarini tilga oldi. Putinning taʼkidlaşiça, bunday omillar ikki tomonlama tinçlik muzokaralarini ötkaziş imkoniyatlarini murakkablaştiradi.

Zelenskiy AQŞ vositaçiligida muzokaralar qayta boşlanişini kutmoqda

3-sentabr kuni keçroq Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy ham Rossiya bilan muzokaralarni qayta boşlaş istiqbollari haqida gapirdi.

Uning sözlariga köra, yaqin vaqt içida AQŞ vakillari Kiyev va Moskvaga taşrif buyuradi. Uçraşuvlar davomida Rossiya va Ukraina örtasida ehtimoliy tinçlik kelişuviga erişiş masalasi muhokama qilinişi kutilmoqda.

«Dastlabki sanalar bor. Biz AQŞ prezidenti vakillari bu yerga, Kiyevga kelişini kutyapmiz. Ulardan tasdiq ham bor: Moskvada ham, Kiyevda ham uçraşuv böladi», - dedi Zelenskiy ukrainaliklarga yöllagan keçki videomurojaatida.

Ukraina prezidenti Kiyev AQŞ tomoni bilan doimiy aloqada ekanini ham taʼkidladi.

Bundan bir neça kun avval Zelenskiy Donald Trampning maxsus vakillari Stiv Uitkoff va Jared Kuşner bilan telefon orqali muloqot qilganini maʼlum qilgan edi. Zelenskiy suhbat çoğida Rossiya qöşinlarining jang maydonidagi muvaffaqiyatlarini «ahamiyatsiz» deb baholaganini aytgan.

Tinçlik muzokaralari mavzusi yana faollaşdi