Stiv Uitkoff va Jared Kuşner Moskvaga Donald Trampning uruşni töxtatiş böyiça yangi taklifini olib kelişi kerak edi. Ularning Kremlga taşrifining köplab elementlari ham Vaşingtonning Rossiya va Ukraina örtasidagi muzokaralar jarayonini qayta tiklaş niyati jiddiyligini körsatdi. Ammo Amerika delegatsiyasining Vladimir Putin bilan uçraşuvi natijalari unçalik tasalli bera olmaydi: Rossiya rahbariyati hamon jang maydonidagi ustunligini hisobga olişni talab qilmoqda va «mojaroning birlamçi sabablari» bartaraf etilişini xohlamoqda. «Meduza» Trampning Moskva va Kiyevni yaraştiriş uçun navbatdagi urinişi haqida nimalar maʼlum ekanini körib çiqdi.

  • AQŞ prezidentining maxsus elçilari Stiv Uitkoff va Jared Kuşner (u Donald Trampning kuyovi hisoblanadi) 5-sentabr kuni AQŞ harbiy-havo kuçlarining Boeing C-32A rusumli samolyotida Moskvaning Vnukovo-2 aeroportiga uçib keldi (bunaqasi birinçi bor kuzatildi, oldingi taşriflar biznes-jetda amalga oşirilgan). Ularni Rossiya prezidentining maxsus vakili Kirill Dmitriyev (oldingi muzokaralarda ham u hamkorlik qilgan) kutib oldi.
  • Bu taşrif arafasida Vladimir Putin qisman yon berişga tayyorligini namoyiş etdi. U Kiyevga zarba berişni uç kunga töxtatişni buyurdi. Ukraina tomonining butun front çiziği böylab otaşkesim eʼlon qiliş borasidagi taklifini esa Putin eʼtiborsiz qoldirdi.
  • Amerika delegatsiyasi aeroportdan tuşlik qiliş uçun restoranga yöl oldi. Bu safar Rossiya tomoni mehmonlarni kutib oliş uçun Moskva markazidagi Avrora restoranini tanladi. Restoran yonida Uitkoff, Kuşner va Dmitriyev «Barçasi Ğalaba uçun!» lavhasi fonida suratga tuşişdi.
  • Tuşlikdan söng Uitkoff va Kuşner nihoyat Kremlga yetib kelişdi. Putin bilan uçraşuv Katta Kreml saroyining Qizil mehmonxonasida taşkil etildi. TASS agentligi taʼkidlaşiça, «u ham haşamatli bölsa-da, Yaşil mehmonxonaga qaraganda pastroq darajadagi tantanali qabul joyi hisoblanadi» (Qizil mehmonxonadan Moskvaga rasmiy yoki davlat taşrifi bilan kelgan mamlakatlar rahbarlari bilan protokol böyiça ikki tomonlama uçraşuvlar paytida foydalaniladi). Muzokaralar joyiga urğu beriş Vaşingtondan kelgan delegatsiyaga körsatilgan yuksak hurmatni taʼkidlaşi kerak edi: avvalgi uçraşuvlar Putinning Kremldagi asosiy iş qarorgohi – Senat saroyining Vakillar xonasida bölib ötgandi, deb eslatadi «Agentstvo».
  • Putin bilan uçraşuv uç soat davom etgan. Uitkoff uçun bu Rossiya rahbari bilan hisob böyiça sakkizinçi muzokara böldi, Kuşner uçun – uçinçisi.
  • Kreml muzokaralar boşlanişidagi yetti daqiqalik lavhani eʼlon qildi. Bu vaqt içida Putin Uitkoff va Kuşnerga Rossiya butun front çiziği böylab vaqtinçalik otaşkesim joriy etişga rozi bölmaganini bildirişga ulgurdi, u buni Ukraina hukumati tegişli taklifini rasmiy axborot almaşiş kanallarini çetlab ötgan holda ilgari surgani bilan izohladi.