Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qömitasi Xalqaro aloqalar bölimi mudiri Lyu Xaysin boşçiligidagi Xitoy Xalq Respublikasi delegatsiyasini qabul qildi.
Yuqori martabali mehmon Özbekiston rahbariga XXR Raisi Si Szinpinning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Uçraşuvda oliy darajada erişilgan kelişuvlarga muvofiq, Özbekiston va Xitoy örtasidagi köp qirrali hamkorlik hamda amaliy şeriklikni yanada kengaytiriş masalalari körib çiqildi.
Sönggi yillarda Özbekiston – Xitoy barça şaroitlarda har tomonlama strategik şeriklik munosabatlari yuksak darajaga kötarilgani qayd etildi.
Özaro tovar ayirboşlaş va investitsiyalar hajmi izçil ösmoqda, Xitoyning yetakçi kompaniyalari iştirokida qöşma loyihalar va korxonalar soni ortib bormoqda.

Parlamentlararo va partiyalararo hamkorlikni mustahkamlaş masalalariga alohida eʼtibor berildi.
Oliy va kasbiy taʼlim sohasidagi hamkorlikni çuqurlaştiriş, jumladan, mamlakatimizda Xitoyning yetakçi oliy taʼlim muassasalari filiallarini oçiş muhimligi taʼkidlandi.

Uçraşuv yakunida tomonlar parlamentlararo va partiyalararo hamkorlikni kengaytiriş böyiça qöşma “yöl xaritasi”ni qabul qilişga kelişib oldilar.












