Arosatdagi Gurjiston: Yevropaga intiliş töxtab qoldimi?
|01:17 / 01.06.202411 12210 min
Köplab namoyişlar, prezident vetosi va Ğarbning tahdidlariga qaramay, Gurjistonda çet el agentlari haqidagi qonun baribir kuçga kirişi kutilyapti. Noroziliklar fonida boş vazir Irakli Kobaxidze xalqni tinçlantiriş uçun katta va’da berdi: mamlakat 2030 yilgaça Abxaziya va Janubiy Osetiya ustidan suverenitetini tiklamoqçi.
Kun.uz “Geosiyosat” dasturida Gurjiston atrofidagi geosiyosiy vaziyatni tahlil qiliş uçun siyosatşunoslar Kamoliddin Rabbimov va Jahongir Akramovga yuzlandi.
— Gruziya boş vazirining 2030 yilgaça maqsadlari, xususan Abxaziya va Janubiy Osetiyani mamlakat tarkibiga qaytariş qançalik realistik?
Jahongir Akramov: — Gurjiston – demokratik davlat, demokratik mexanizmlar işlaydi. Hukumat tepasidagi “Gurjiston orzusi” partiyasi “Çet el agentlari töğrisida”gi qonun loyihasini olib çiqdi, buni köpçilik gurjilar Rossiyadagi xuddi şu nomdagi qonunning nusxasi deb qaraydi. Hukmron partiya bu qonunni tasdiqlaş uçun kuçli harakat qilyapti. 2023 yil mart oyida ham bu harakat bölgandi, keskin qarşiliklar, namoyişlar sabab töxtab qolgandi, bu yil yana qaytildi.
Qonunning mohiyati şundan iboratki, nodavlat OAV, demokratik institutlar va boşqalarning olgan çet el grantlari, sarmoyalari budjetining 20 foizidan oşsa, ular çet eldagi kuçlar manfaatiga işlayotgan deb topiladi. Şuning uçun bu qonun jamoat taşkilotlari, demokratik kuçlar tomonidan qoralanyapti. Qonunning qabul qilinişi köp jihatdan Rossiyadagi qonun köçirmasi böladi va oktyabrda böladigan saylovlarga tayyorgarlik böladi, deb baholayapti mutaxassislar. Çunki köplab demokratik taşkilotlar bunday nom olgandan keyin faoliyatini töxtatamiz deyapti. Bu holat orqali “Gurjiston orzusi” partiyasi saylovlarda ğalaba qozonişni közlayapti, degan tahlillar bor.
— Bu qonun qabul qilinişi Gurjistonning Ğarb bilan munosabatlariga qanday ta’sir qiladi?
Kamoliddin Rabbimov: — Salbiy ta’sir qiladi. Demokratik davlatlar bu qonunni tanqid qildi. Yevropa Ittifoqi sanksiyalar qöyişni muhokama qilmoqçi. Hozirda Gurjiston fuqarolariga YeIga kiriş uçun viza kerakmas, şuni bekor qiliş, ajratiladigan mablağlarni çeklaş, YeIga kiriş uçun qabul qilingan rejalarni töxtatiş böyiça gap ketyapti. Bu reja qilingan sanksiyalarning töliq joriy qilinişi ehtimoli kam, çunki töliq joriy qilinsa, Gurjiston Rossiya ta’siriga taşlab qöyilgan böladi.
Saakaşvili davrida Gurjiston YeI tomon ildam qadam taşladi, u bugun qamoqda, hukumatda esa unga muxolif partiya turibdi. “Gurjiston orzusi” partiyasining asosiy homiysi – milliarder Ivanişvili. U özining katta kapitalini Rossiyada qilgan, köpçilik rossiyaparast sifatida köradi. Partiyaning maqsadi – YeIga kiriş, munosabatlarni saqlab qoliş va ayni paytda Rossiya bilan munosabatlarni me’yorlaştiriş. Osetiya va Abxaziyani Rossiya davlat sifatida tan olgan, boşqa davlatlar tan olmagan. Munosabatlarni yaxşilab, şu ikki hududni Gruziyaga qaytarmoqçi.
Mavzuga oid
Bugun Gurjiston siyosiy elitasi va jamiyat töliq ikkiga bölingan. Bir qismi YeIga yaqinlaşişdan voz keçmaslik kerak, deydi, bir tomon esa ikkita hududni qaytib oliş biz uçun muhimroq, deydi. Bu kuraş davom etyapti, kuçlar nisbati “Gurjiston orzusi” tarafida, çunki Gurjistonda parlamentar boşqaruv, qaysi partiya fraksiyasi köp bölsa, boş vazirni öşa partiya tayinlaydi.
1938 yilda bunday qonunni AQŞ qabul qilgandi, SSSR kuçayib ketişi fonida. Bir neça yil oldin Rossiya qabul qildi. Endi Rossiyaga yoqiş, taşqi ta’sirni pasaytiriş uçun Gurjiston ham qabul qilyapti. Bunday qonun Qozoğistonda muhokama qilindi, Qirğizistonda qabul qilindi. Demak, Rossiyadagi bu narsa possovet hududiga ta’sir qilyapti.
Hozirda qonun Gurjiston parlamenti tomonidan qabul qilingan, prezident esa veto qöygan. Parlamentda köpçilik öringa ega hukmron partiya bu vetoni olib taşlay oladi.
Jahongir Akramov: — AQŞdagi bunday qonun böyiça şu paytgaça 5 ta iş oçilgan, faqat bitta holatda hukm öqilgan. Rossiyada esa ötgan 2023 yilning özida 350 ta iş bölgan bu böyiça. Rossiya–Ukraina uruşi Gruziyadagi siyosiy qarama-qarşilikni yangi poğonaga kötardi, “Gurjiston orzusi” partiyasi hokimiyatni amalga oşirişda köp qarşiliklarga uçray boşladi.
“Gurjiston orzusi” partiyasi Rossiya bilan kelişib Abxaziya va Osetiyani qaytarib olmoqçi, “Yagona milliy front” partiyasi esa Ğarbga qöşilib, Rossiyaga karşi sanksiyalarga qöşilib, Rossiyadagi siyosiy özgarişlarni kutib, keyin hududiy yaxlitlikni tiklaş niyatida.
Mutaxassislar aytadiki, Ivanişvilida Ğarbga nisbatan qörquv bor, Rossiyaga yaqinligim uçun jazolamoqçi, degan tafakkurda böladi, deydi. Gurjiston katta bosimlarga uçrayapti bunday harakatlar bilan, YeI uni qabul qilişni bekor qilişi ham mumkin deyilyapti. Blinken ham ogohlantiriş bilan çiqdi.
— Gurjistonning Abxaziya va Janubiy Osetiyani qaytariş yölida Rossiya omili bilan töqnaşuvi qanday keçadi?
Kamoliddin Rabbimov: — Rossiyaning Gurjistonga qaraşi özgargan bugun, Saakaşvili davrida Kavkazdagi eng duşman davlat sifatida körilardi, endi Armaniston köriladi. Rossiya Abxaziya va Osetiyani davlat sifatida tan olgan. Rossiya va Gurjiston qançalik yaqin bölmasin, mustaqil davlat sifatida tan olgan hududlar böyiça kelişuvlarni bekor qiliş oson bölmaydi.
— Abxaziya va Osetiya Rossiyadan yordam sörasa-çi?
Kamoliddin Rabbimov: — Rossiya bu hududlarni de-fakto Gurjistonga qaytarmoqçi bölsa, buning yölini topadi, çunki Rossiya bosim qilsa, Gurjiston bilan Rossiya örtasida kelişuv bölsa, bosqiçma-bosqiç yölini topadi. Çunki Rossiyaning bu hududlarga ta’siri katta. Lekin yuridik jihatdan qanday bölişi noaniq, çunki rasman tan olgan Rossiya. Bu yerlarni qaytariş bir neça ön yillarni talab qilişi mumkin, bugun Gurjiston Rossiya geosiyosiy qopqoniga tuşib bölgan.
Abxaziya va Osetiya aholisida ham özini mustaqil deb his qilişga xohiş yuqori. Aholi tarkibida gruzinlarning uluşi Abxaziyada 45 foiz, Janubiy Osetiyada esa 27 foiz atrofida. Aholining katta qismi özini Gurjiston tarkibiy qismi sifatida körmaydi.
— Abxaziya va Janubiy Osetiyani faqat Rossiya tan olganmi?
Jahongir Akramov: — Yagona tan olgan davlat Rossiya hisoblanadi. 2008 yilda 5 kunlik uruş bölgan. Gurjiston hukumati Janubiy Osetiyada tartib örnatiş, anklav hududdagi gurjilarni köçiriş paytida qöşin kiritgan va harbiy harakatlarga aylanib ketgan. Rossiya qöşin kiritgan va Gurjistonni tinçlikka majburlaş operatsiyasi boşlangan, Abxaziya ham uruşga kirgan. Orada Nauri davlati ham tan olgan, lekin asosiysi Rossiya hisoblanadi.
Öşa 5 kunlik uruş paytida Ğarb Rossiyaga nisbatan mö’tadil siyosat yuritgan. Ğarblik mutaxassislar biz öşa paytda Rossiyaga nisbatan yumşoq siyosat olib borganimiz sabab Rossiya Qrimni oldi, Ukraina uruşi boşlandi, deyişadi.
Kamoliddin Rabbimov: — Asosiy vositaçi öşa paytdagi Fransiya prezidenti Sarkozi bölgan YeIda, çunki Fransiya YeI raisi edi öşa 5 kunlik uruş paytida. Kelişuvga köra, Saakaşviliga bosim qilinib, bu ikki hududdan qöşinlar olib çiqiladi.
Jahongir Akromov: — Rossiya öşa paytda Kavkazdagi Kosovo mustaqilligi omilidan foydalangan, deyiladi, ya’ni xalqning öz taqdirini özi belgilaş tamoyili. Abxaziya va Janubiy Osetiyaning qaytişi ehtimoli kam yaqin yillarda, lekin konfederatsiya taklifi bölayotgani haqida xabarlar ham bor.
— Gurjistonning Yevropa Ittifoqiga qöşiliş istiqbollari va uning geosiyosiy oqibatlari qanday böladi?
Kamoliddin Rabbimov: — Kavkaz atrofida kuçli geosiyosiy kuraş ketyapti. Janubiy Kavkazda 3 ta respublika bor. Ozarboyjon siyosiy tizimi avtoritar, lekin taşqi işlarda Ilhom Aliyev juda mahoratli işlayapti. Gruziya Saakaşvili davrida juda katta qadamlar bilan Ğarbga intildi va ikkita hududni yöqotdi. Armaniston arazlagan davlat, Qoraboğni yöqotgaç, Rossiya bilan aloqalarni uzib, Ğarbga intilyapti. Armanistonga qarşi Rossiya, Eron, Xitoy birlaşyapti, lekin ayrim Ğarbiy Yevropa davlatlari, xususan, Fransiya Armanistonni qöllayapti.
Gurjistondagi bu namoyişlar, jarayonlar katta Kavkaz mintaqasi uçun geosiyosiy kuraş deyiş mumkin. Gurjiston sönggi yillarda Rossiyaga yönaliş oldi. Ğarbiy Yevropa esa Gurjiston orqali Kavkazdagi ta’sirini yöqotmaslik uçun imkoniyat izlayapti. Rossiya Armanistonni yöqotgani bilan Ozarboyjon bilan aloqalar yaxşi. Gurjistondagi “Gurjiston orzusi” partiyasi muvozanat saqlaşga harakat qilgan bölsa ham, Rossiyaga yaqinroq bölyapti. Gurjistonda yoş avlod Ğarbga talpinaveradi va içki kuraş davom etadi.
Jahongir Akromov: — Janubiy Kavkazda Qoraboğ separatizmiga barham berilgaç, Ukraina uruşi boşlangaç, öziga xos geosiyosiy vaziyat yuzaga keldi. Rossiyaning bu yerdagi liderlik roli pasaygan, Armanistonda yöqotgan pozitsiyalarini Gurjiston orqali kompensatsiya qilişga urinyapti. Ğarb ham Ukraina uruşidan keyin geosiyosiy jarayonlarda özining qat’iyligini körsatişga urinyapti. Gurjiston boş vazirining 2030 yilda YeIga qöşiliş yoki hududlarni qaytarib oliş haqidagi bayonoti xalqni tinçlantiriş va öz legitimligini saqlaş uçun desa böladi.