Özbekistonda Reimbursatsiya dasturi asosida aholi uçun qulayliklar yaratilgan. Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 2-oktabrdagi tegişli qarori asosida arterial gipertoniya, yurak işemik, qandli diabet 2-turi, qandsiz diabet, bronxial astma va meʼda-içak tizimi xastaliklari kabi 12 turdagi kasalliklar böyiça 28 xil dori vositalari tekin berilmoqda.

Ammo Reimbursatsiya dasturidan foydalanişni barça fuqarolar birdek yaxşi biladi, deb bölmaydi. Şu bois, SSV matbuot xizmati bu jarayonni tuşuntirib ötdi.

1) Özingiz biriktirilgan oilaviy şifokorga murojaat qilasiz;

2) U klinik protokollar asosida sizni tekşiruvlardan ötkazadi;

3) Kasallik tasdiqlansa, oilaviy şifokor siz uçun elektron retsept şakllantiradi;

4) Elektron retsept Doimiy faoliyatdagi hayʼat raisi tomonidan tekşiriladi va tasdiqlanadi;

5) Elektron retseptda körsatilgan dori vositalarini Davlat tibbiy suğurtasi jamğarmasi bilan şartnoma tuzgan dorixonadan olasiz. Mablağlar uşbu jamğarma tomonidan dorixonaga ötkazib beriladi;

Unutmang: 7 kun davomida dorixonaga bormasangiz, elektron retseptni qayta olişingizga töğri keladi.

6) Elektron retsept asosida olgan dori vositalarini bir oy – 30 kun davomida qabul qilasiz;

7) Muayyan vaqtdan keyin tuzalganingiz tasdiqlansa, oilaviy şifokor sizni dispanser röyxatidan çiqaradi.

«Agar yotib qolgan bölsangiz, xonadoningizga tibbiy brigada boradi va oilaviy şifokor siz uçun elektron retsept tuzadi. Dori vositalarini oila aʼzolaringizdan biri yoki patronaj hamşirasi yetkazib beradi.

Reimbursatsiya dasturi doirasidagi dori vositalarini har oy tekin olişingiz mumkinligini unutmang!» – deyiladi SSV matbuot xizmati xabarida.