Bloomberg agentligi Yevropa rasmiylariga tayanib xabar berişiça, Rossiya prezidenti Vladimir Putin qiş oylarida Ukrainaga qarşi hujumlarni faollaştirişni rejalaştirmoqda.

Agentlik manbalariga köra, AQŞ prezidenti Donald Trampning maxsus vakillari ötgan dam oliş kunlari Moskva va Kiyevda ötkazgan muzokaralarda sezilarli natijaga erişa olmagan.

Manbalardan birining aytişiça, Putin 18–20-sentabr kunlari bölib ötadigan Rossiya Davlat dumasi saylovlari arafasida AQŞ vakillarining taşrifidan kuç namoyişi sifatida foydalangan. Bloomberg qayd etişiça, Rossiya rahbari Amerika delegatsiyasi bilan Kremlda uçraşişdan oldin ularni keçgaça kuttirgan.

Şu bilan birga, AQŞ va Yevropa ittifoqçilari bilan muloqot milliy xavfsizlik böyiça maslahatçilar darajasida davom ettirilişi kutilmoqda. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Kiyev kuzda Vaşington va Moskva iştirokida navbatdagi uç tomonlama muzokaralarni ötkazişni istaşini bildirgan.

Ayni paytda, Bloomberg maʼlumotiga köra, Moskva ehtimoliy kelişuv doirasida Ukrainaning butun Donetsk viloyati ustidan nazorat örnatiş talabini ilgari surişda davom etmoqda.

Agentlik suhbatdoşlaridan biri Rossiyaning yaqin olti oylik rejasi Ukrainaning energetika va issiqlik taʼminoti infratuzilmasiga zarbalarni kuçaytirişni nazarda tutişini aytgan. Şuningdek, Yevropada Kiyevga körsatilayotgan yordamni zaiflaştiriş maqsadida gibrid hujumlar va siyosiy aralaşuvlarni faollaştiriş rejasi ham borligi aytilmoqda.

Manbaga köra, Putin kelasi yil bahoriga borib Rossiya uçun yanada qulayroq pozitsiyaga erişişga umid qilmoqda. Şu bilan birga, u tobora köproq qiyinçiliklarga duç kelayotgan Rossiya iqtisodiyotini barqaror uşlab turişga harakat qilmoqda. Bloomberğning yana bir manbasi jiddiy muzokaralar kamida kelasi yilgaça boşlanişi ehtimoli pastligini bildirgan.

Ukraina ittifoqçilari esa Kiyevni himoya qiliş uçun havo hujumidan mudofaa vositalari yetkazib berişni ustuvor vazifaga aylantirişi kerak, deb hisoblamoqda. Yevropa davlatlari NATOning Ukraina ehtiyojlarini ustuvor taʼminlaş röyxati - PURL taşabbusi doirasidagi mablağlarni Ukraina uçun tutib qoluvçi raketalar xarid qilişga yönaltirişni rejalaştirmoqda.

8-sentabr kuni Ukraina mudofaasi böyiça Kontakt guruhi yiğilişida Pentagonning siyosiy masalalar böyiça rahbari örinbosari Elbrij Kolbi ittifoqçilar uzoq davom etadigan mojaroga tayyor bölişi kerakligini taʼkidladi. Uning sözlariga köra, Ukrainaning ehtiyojlari yaqin oylar va yillarda ham saqlanib qolişi mumkin.