Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqea va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomada taniştiramiz. Yaqin Şarqda AQŞ va Eron örtasidagi qarama-qarşilik yanada keskinlaşdi, husiyçilar Saudiya Arabistoni janubi böylab hujum uyuştirdi. Norvegiya esa qirol Harald V bilan vidolaşmoqda.
Putin va Tramp qönğiroqlaşdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQŞ prezidenti Donald Tramp 8-sentabr kuni telefon orqali yana bir bor muloqot qildi.
Kreml maʼlumotiga köra, suhbatda Ukraina uruşi va Moskva–Vaşington munosabatlarini tiklaş masalalari muhokama qilingan.
Tramp uruşni imkon qadar tezroq yakunlaşni istaşini aytgan. U uruş yakunlanişi Rossiya va AQŞ örtasida savdo-iqtisodiy aloqalarni qayta tiklaş uçun katta imkoniyatlar oçişi mumkinligini qayd etgan.
Putin esa Rossiyaning Yevropa davlatlariga nisbatan «duşmanona rejalari yöqligi»ni taʼkidlagan. Tomonlar asirlar almaşinuvini davom ettiriş va aloqani saqlab turişga kelişib olgan.
Şu bilan birga, AQŞ elçilarining Moskva va Kiyevga taşrifi munosabati bilan eʼlon qilingan vaqtinçalik sulh tugab, Rossiya harbiylari Ukraina böylab havo zarbalari yöllaşni davom ettirmoqda. Xususan, Kiyevda sönggi portlaşlar oqibatida beş kişi halok bölib, 20 dan ortiq kişi yaralangan.
Saudiyaga hujum
Eron tomonidan qöllab-quvvatlanayotgan Yaman husiyçilari Saudiya Arabistoni janubidagi qator şaharlar va energetika obyektlariga raketa va dron hujumlarini amalga oşirdi.
Abha, Jizon, Najron va Xamis-Muşayt şaharlari zarba ostida qolgan. Saudiya rasmiylariga köra, hujum oqibatida kamida 73 kişi jarohatlangan. Ayrim neft obyektlari va infratuzilma inşootlarida yonğin çiqqan. Jizondagi kuniga 400 ming barrelgaça neft qayta işlay oladigan zavod hujum nişonlaridan biri bölgan.
Bu voqealar ortidan jahon neft bozorida narxlar keskin kötarildi. 9-sentabr tongida Brent nefti narxi 99,49 dollargaça çiqdi – bu iyun oyi oxiridan beri eng yuqori körsatkiç. AQŞning WTI nefti esa 94,63 dollargaça qimmatlaşdi.
Eron tankerlariga hujum
Yaqin Şarqda AQŞ va Eron örtasidagi töqnaşuvlar davom etmoqda. AQŞ harbiylari Eronga tegişli 5 ta neft tankeriga zarba berilganini maʼlum qildi.
Vaşington bu harakatni Eron tomonidan AQŞ harbiy kemasiga ikki marta raketa hujumi uyuştirilgani bilan izohlagan.
Bunga javoban Eron Islom inqilobi qöriqçilari korpusi Iordaniyada AQŞ harbiylari joylaşgan bazaga raketa zarbalari yöllagan. Iordaniya harbiylari mamlakat hududiga uçirilgan 18 ta ballistik raketa töxtatilganini bildirgan. Qurbonlar haqida maʼlumot yöq.
Rasmiy Tehron Fors körfazidagi tankerlar ekipajlarini ogohlantirib, Kuvayt va Bahrayn portlarida turgan ayrim kemalardan odamlarni olib çiqişni talab qilgan.
Kavkazdagi köçkida harbiylar halok bölgan
Kabarda-Bolqoriyadagi Bezengi darasida röy bergan köçki oqibatida halok bölgan alpinistlar – Rossiya kuçişlatar tuzilmalari bölinmalarining yiğinga kelgan harbiylari bölgan.
«Kommersant» naşri manbalariga köra, bu jangçilar asosan Rosgvardiyaning turli bölinmalariga mansub bölgan. Idora avvalroq bergan xabarnomasida yiğinlarning yillik dasturi alpinizm, qoyaga çiqiş, navigatsiya, anjomlar bilan işlaş va xavfsiz çiqiş texnikasi böyiça nazariy va amaliy maşğulotlarni öz içiga olişini maʼlum qilgan edi.
Mahalliy Telegram-kanallarga köra, köçki oqibatida jami 13 kişi halok bölgan, şundan 12 nafari «Vityaz» Maxsus topşiriqli markaz harbiy xizmatçilari bölgan. Rosgvardiya ham köçki oqibatida halok bölgan alpinistlarning bir qismi öz vakillari bölganini tasdiqlagan.
33 nafar alpinistdan iborat guruh 6-sentabr kuni keçqurun Kabarda-Bolqoriyadagi Bezengi darasida qor köçkisi ostida qolgandi. 13 kişi, jumladan, instruktor halok bölgan, yana beş kişi bedarak yöqolgan, 10 kişi mustaqil ravişda pastga tuşib kelgan va ularga tibbiy yordam körsatilgan.
Norvegiya qirol bilan vidolaşmoqda
Norvegiyada mamlakat tarixidagi eng katta xavfsizlik operatsiyalaridan biri ötkazilmoqda. Mamlakat qiroli Harald V vafotidan 13 kun ötib, 9-sentabr kuni Osloda uni dafn etiş marosimi bölib ötadi.
89 yoşida vafot etgan qirol bilan vidolaşuv marosimi Qirollik saroyidan Oslo soborigaça piyoda yuriş bilan boşlanadi. Keyin mamlakat böylab bir daqiqalik sukut saqlanadi.
Marosimda Buyuk Britaniya şahzodasi Uilyam, Ispaniya qiroli Felipe VI, Yaponiya şahzodasi Akisino va boşqa xorijiy mehmonlar iştirok etadi.
Harald V Norvegiyani 30 yildan ortiq boşqargan va aholi orasida yuqori obroʻ qozonib, xalq qiroli maqomini olgandi.











