Ukraina dronlari birinçi marta Rossiyaning Yamal-Nenets avtonom okrugiga hujum qildi, deb xabar berdi gubernator Dmitriy Artyuxov.

Noviy Urengoyda dron bölaklari qulaşi oqibatida sanoat obyektida yonğin kelib çiqdi. Halok bölganlar va jarohatlanganlar yöq.

Uraldagi prezident vakili Artyom Joganing maʼlum qilişiça, Ukraina droni Yamal yoqilği-energetika majmuasidagi obyektga hujum qilişga uringan.

Noviy Urengoy Ukraina çegarasidan taxminan 2800 kilometr masofada joylaşgan. Bu esa Ukraina Qurolli Kuçlari Rossiyaga eng uzoq masofali zarbani berganini anglatadi.

«Agentstvo» naşrining qayd etişiça, Ukraina dronlari Rossiya gaz qazib olişining 80 foizi töğri keladigan mintaqaga ilk bor yetib borgan.