Uşbu muammo Kley matematika instituti tomonidan XXI asr boşida eʼlon qilingan yettita «ming yillik masalasi»dan biri hisoblanadi. Uni hal qilganlik uçun 1 million dollar mukofot belgilangan.

Nave-Stoks tenglamalari suyuqlik va gazlarning harakatini ifodalaydi. Ular orqali quvurlarda neft va gaz harakati, suv oqimi, şuningdek, samolyot, kema va avtomobillar atrofida havo yoki suv qanday harakatlanişi kabi jarayonlarni matematik jihatdan tasvirlaş mumkin.

Muammoning murakkabligi şundaki, olimlar uç ölçovli holatda bunday tenglamalarning yeçimi har qanday real boşlanğiç şaroitda doimo mavjud bölişi va vaqt ötişi bilan «buzilib ketmasligi»ni umumiy tarzda isbotlay olmagan.

Soddaroq aytganda, savol şunday: agar suyuqlik yoki gazning dastlabki holati maʼlum bölsa, matematik tenglama uning keyingi harakatini har doim töğri va uzluksiz tasvirlab bera oladimi? Yoki maʼlum bir vaziyatda matematik yeçimda singulyarlik - fizik nuqtai nazardan maʼnosiz bölgan keskin özgariş paydo bölişi mumkinmi?

Masalan, matematik model maʼlum bir çeklangan vaqt içida suyuqlik tezligi çeksiz kattalaşib ketişini körsatişi mumkin. Real fizik dunyoda esa bunday holat yuz bermaydi. Şu sababli Nave-Stoks tenglamalarining mavjudlik va silliqlik muammosi nafaqat nazariy matematika, balki fizika va muhandislik nuqtai nazaridan ham muhim hisoblanadi.

Materialda keltirilişiça, OpenAI 2026-yil 8-sentabrda mazkur muammoni yeçganini bildirgan. Yeçim ustida ön minglab avtonom AI-agentlar deyarli tört sutka davomida işlagan.

Bu jarayonda agentlar 4,9 millionta xabar almaşgan va jami 300 milliard token sarflagan. Muallifning taʼkidlaşiça, hisoblaş uçun OpenAI mijozlariga oçiq modellardan ança kuçli içki tizim işlatilgan.

Bu natijaning yana bir muhim jihati - AIʼning vazifadagi roli. Ilgari «neyrotarmoq yangi dori yaratdi» yoki «AI ilmiy kaşfiyot qildi» kabi xabarlarda asosiy ilmiy işni inson tadqiqotçilari bajarib, sunʼiy intellekt ayrim bosqiçlarda yordamçi vosita sifatida qöllanilgan holatlar köp uçragan.

Bu safar esa, materialda taʼkidlanişiça, agar OpenAI jarayonni töğri bayon qilgan bölsa, dastlabki vazifa belgilanganidan keyin yeçimni qidiriş jarayonining katta qismi avtonom neyrotarmoq agentlari tomonidan bajarilgan.

Şu maʼnoda, bu natija AIʼning ilm-fandagi örni özgarayotganini körsatişi mumkin. Yaʼni neyrotarmoq faqat olimga hisob-kitoblarda yordam beradigan «aqlli kalkulyator» emas, balki öta murakkab muammoni hal qiliş jarayonida katta hajmdagi işni bajaradigan vositaga aylanişi mumkin.