Taşkilot rahbari Jon Pauell eʼlon qilgan tasvirlarda qora rangdagi, qanotsimon korpusga ega Hazel apparati SuperTandem deb nomlangan ulkan balandlik dirijablidan ajralayotgani körsatilgan.

Pauellning tuşuntirişiça, uşbu kadrlar Hazel haqida tayyorlanayotgan videodan olingan kompyuter animatsiyasidir. Yaʼni bu real parvoz tasvirlari emas.

Yangi vizualizatsiya JP Aerospace bir neça ön yildan beri işlab kelayotgan Airship to Orbit konseptiga yana eʼtibor qaratdi.

Uşbu ğoyaning asosiy maqsadi - havodan yengil apparatlar, yaʼni ulkan aerostat va dirijabllardan foydalanib, odamlar hamda yuklarni bosqiçma-bosqiç orbitaga olib çiqiş.

JP Aerospace özini «Amerikaning boşqa kosmik dasturi» deb ataydi. Taşkilot 40 yildan ortiq vaqtdan beri notijorat asosida faoliyat yuritib keladi va asosan köngillilar mehnatiga tayanadi. Şu vaqt mobaynida unga Jon Pauell rahbarlik qilib kelgan.

Kosmosga çiqiş qanday amalga oşirilişi kerak?

Airship to Orbit dasturi anʼanaviy raketa uçirilişidan keskin farq qiladigan ssenariyni taklif etadi.

Birinçi bosqiçda stratosfera dirijabli yölovçilar va yuklarni atmosferaning yuqori qatlamlarida joylaştirilişi rejalaştirilgan Dark Sky Station - «Qoronği osmon stansiyasi»ga olib çiqişi kerak.

Şundan söng yanada katta orbital dirijabl işga tuşadi.

Loyihaga köra, mazkur apparat elektr dvigatellari yordamida juda sekin va bosqiçma-bosqiç tezlaşib, oxir-oqibat orbital tezlikka çiqişi kerak.

Bunday sayohat bir neça kun davom etişi mumkin.

Bu esa odatiy raketa uçirilişiga mutlaqo boşqaça yondaşuv. Anʼanaviy raketalar atmosferadan bir neça daqiqa içida ötib, juda katta tezlikka çiqadi va buning uçun ulkan miqdorda energiya sarflaydi.

JP Aerospace ğoyasi esa yölovçi yoki yukni bir zumda emas, balki bosqiçma-bosqiç balandlikka kötariş va keyin asta-sekin orbital tezlikka yetkazişni nazarda tutadi.

Taşkilot avval ham balandlik rekordi örnatgan

JP Aerospace aerostatlar asosidagi yirik apparatlar yuqori balandliklarga kötarila olişini amalda namoyiş qilgan.