Toşkent şahar IIBB YHXB axborot xizmati maʼlumotiga köra, yöl-transport hodisasi 11-noyabr kuni soat 11:30 larda Yaşnobod tumani Ohanrabo köçasida sodir bölgan.
Qayd etilişiça, 1991-yilda tuğilgan haydovçi Spark rusumli avtomobilni boşqarib ketayotib, yölning belgilanmagan qismidan kesib ötayotgan piyodani urib yuborgan.
Hodisa oqibatida jabrlangan piyodaga tez tibbiy yordam körsatilgan va u şifoxonaga olib ketilgan. Uning hozirgi ahvoli haqida maʼlumot berilmagan.
Ayni paytda mazkur holat yuzasidan Toşkent şahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan suriştiruv harakatlari olib borilmoqda.
YHXB haydovçilarni yöl harakati qoidalariga qatʼiy rioya etişga, piyodalarni esa yölni faqat belgilangan joylardan kesib ötişga çaqirdi.













