Yangi bazaviy tarif stavkalari maktablar va qöşma taʼlim, madaniyat va sport muassasalari, şuningdek, davlat maktabgaça taʼlim tizimidagi rahbarlar, pedagoglar va boşqa xodimlarga tatbiq etiladi.

Şuningdek, tuman va şahar maktabgaça va maktab taʼlimi bölimlari, markazlaştirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari hamda maxsus taʼmirlaş-ekspluatatsiya xizmatlari xodimlari uçun ham yangi stavkalar belgilangan.

Hujjatga muvofiq, 2026-yil 1-sentabrdan maktabgaça va maktab taʼlimi tizimi xodimlarining bazaviy tarif stavkalari tasdiqlangan yangi miqdorlarda hisoblanadi.