AQŞning Nyu-York Janubiy okrugi prokuraturasi bir neça şaxsga terrorizmni moliyalaştiriş va dunyoning turli mamlakatlarida, jumladan AQŞ hududida buyurtma qotilliklarni amalga oşiriş maqsadida til biriktiriş böyiça ayblovlar qöydi. Bu haqda 15-sentabr kuni AQŞ Adliya vazirligi maʼlum qildi.

Amerika tomoniga köra, ayblanuvçilar Rossiya maxsus xizmatlari manfaati yölida faoliyat yuritgan va RIS Network deb ataluvçi xalqaro tarmoq bilan boğliq bölgan.

Ayblov xulosasida qayd etilişiça, tarmoq aʼzolari AQŞ va boşqa mamlakatlardagi şaxslarga muayyan obyektlar va odamlar haqida dastlabki maʼlumot töplaş, şuningdek, nişonga olingan şaxslarni öldiriş uçun pul tölagan. Bundan taşqari, ularning şeriklariga Ukrainaga yordam körsatayotgan yoki Kiyev tarafdori deb hisoblangan Yevropa mamlakatlarida fuqarolik va harbiy infratuzilma obyektlariga hujumlar uyuştiriş vazifasi berilgani iddao qilinmoqda.

Mazkur iş böyiça tergovda AQŞ Federal tergov byurosi - FTB ham iştirok etgan.

AQŞ boş prokurorining milliy xavfsizlik masalalari böyiça yordamçisi Jon Ayzenbergning bildirişiça, gumonlanuvçilar AQŞ fuqarolari va xorijliklarni Rossiya rahbariyati topşiriği asosida qotilliklar sodir etiş uçun yollaşga uringan.

ABC News telekanali AQŞ boş prokurori Todd Blanşga tayanib xabar berişiça, eʼlon qilingan ayblovlar orasida Vaşington şahrida bölişi mumkin deb hisoblangan rossiyalik dissidentni öldirişga uriniş bilan boğliq epizod ham mavjud.

AQŞ Adliya vazirligi RIS Networkʼni Rossiya davlat apparatining xorijda hujumlar, jumladan qotilliklarni taşkil etiş bilan şuğullanuvçi tarmoği sifatida tavsiflamoqda. Vazirlik maʼlumotlariga köra, tarmoq avval Rossiyadan çiqqan dissidentlar va maxsus xizmatlarni tark etgan şaxslarga eʼtibor qaratgan, keyinçalik esa Ukraina ittifoqçilari hisoblangan davlatlarni ham nişonga ola boşlagan.

Ayblanuvçilar kimlar?

AQŞ rasmiylariga köra, ayblanuvçilardan uç nafari RIS Network tarmoğida yuqori lavozimlarni egallagan.

Ulardan biri - «Polkovnik Yuriy» laqabi bilan tanilgan Yuriy Xrameyev. AQŞ prokuraturasi uni Rossiya maxsus xizmatlarining sobiq polkovnigi deb körsatmoqda. Ayblovga köra, Xrameyev rossiyalik dissidentlarni öldiriş uçun ijroçilarni jalb qiliş jarayonida qatnaşgan.