Yaqin Şarqdagi uruş

Yaqin Şarqda kengayib borayotgan uruş global neft taʼminotiga yangi tahdidlarni yuzaga keltirmoqda. Payşanba kuni Saudiya Arabistoni va Yamandagi husiylar özaro yangi zarbalar almaşdi.

Husiylar Qizil dengiz qirğoğiga yaqin Hajjah viloyatiga hamda Taiz tevaragiga Saudiya havo zarbalari berganini xabar qildi.

Yamanning butun Qizil dengiz qirğoğini egallab olgan husiylarning aytişiça, Saudiya kuçlari sönggi kunlarda yuzlab aviazarbalarini amalga oşirgan. Ötgan kuni husiylar Saudiyaning F-15 qiruvçi samolyoti urib tuşirilganini maʼlum qilgandi.

Saudiya Arabistoni esa Toif şahrida dron urib tuşirilganini bildirdi. Dron qoldiqlari tuşişi oqibatida podşohlikda yaşovçi Yaman fuqarosi halok bölgan. Bu ötgan haftada janglar kuçayganidan beri Saudiya eʼlon qilgan ilk ölim holatidir. Avvalroq 80 dan ortiq kişi jarohatlangani maʼlum qilingandi.

Xalqaro migratsiya taşkiloti maʼlumotlariga köra, sönggi janglar oqibatida 100 mingdan ortiq yamanlik, asosan, Yaman içkarisida öz uylarini taşlab ketişga majbur bölgan.

Eron Muhofizlar korpusi esa Hörmuz böğozidan «noqonuniy ötişga» uringan Togo bayroği ostidagi tanker zarbaga uçrab, yonib ketganini maʼlum qildi.

Husiylarga qarşi uruşga kirişni rad etgan Tramp esa Eronga qarşi hujumlarni qayta boşlaşni hal qiluvçi pallada ekanini aytdi.

«Oldimda katta qaror turibdi. Men u yerga kirib, ularni yakson qilmoqçimanmi yoki yöqmi? Bu katta qaror. Mendan har narsa kutiş mumkin», dedi Tramp Axios’ga bergan intervyusida. Tramp avval ham Eronga qarşi amalga oşmagan, yangi yirik hujumlar bilan tahdid qilgandi.

Iyun oyida erişilgan vaqtinçalik kelişuv barbod bölgaç, AQŞ va Eron örtasida heç qanday muzokaralar ötkazilmayapti. AQŞ Davlat departamentining bildirişiça, uruş kelasi hafta BMT Boş assambleyasida muhokama qilinadi va unda Eron delegatsiyasi qatnaşadi.

Rossiyaga qarşi «dözaxiy sanksiyalar»

AQŞ Vakillar palatasi 17-sentabr kuni Rossiyaga qarşi «dözaxiy sanksiyalar» töğrisidagi qonun loyihasini maʼqulladi. Ukrainparast senator nomi qöyilgan uşbu hujjatni Senat avgust oyidayoq maʼqullagandi.