AQŞ Daniya va Grenlandiya bilan şartnoma tuzdi, bu esa Qöşma Ştatlarga Grenlandiyadagi «xavfsizlik va boşqa barça ehtiyojlar ustidan doimiy nazorat»ni taqdim etadi. Bu haqda prezident Donald Tramp maʼlum qildi.

Uning sözlariga köra, Qöşma Ştatlar orol va AQŞ xavfsizligini taʼminlaş va himoya qiliş uçun Grenlandiyada «zarur bölgan hamma narsani qiliş» huquqini «abadiy» oladi. Bundan taşqari, Qöşma Ştatlarning heç bir raqibi Vaşingtonning roziligisiz Grenlandiyada bazaga ega böla olmaydi, u yerda harbiy hozirlikka ega bölolmaydi va sarmoya kirita olmaydi.

Trampning taʼkidlaşiça, bu kelişuv uçun AQŞ «heç narsa tölamaydi». Uning qöşimça qilişiça, AQŞ «zudlik bilan Grenlandiyaning mos keladigan qismida yirik harbiy hozirlikni rivojlantiriş jarayonini boşlaydi».

Daniya va Grenlandiya ham öz bayonotini eʼlon qildi. Unda aytilişiça, mamlakatlar örtasidagi kelişuv BMT Boş Assambleyasida imzolanişi kutilmoqda (AQŞ prezidentining Boş Assambleyadagi nutqi 22-sentabrga rejalaştirilgan).

Daniya boş vaziri Mette Fredriksenning aytişiça, kelişuv «Arktika va Şimoliy Atlantika mintaqasida umumiy xavfsizlikni» mustahkamlaydi. Kelişuv, şuningdek, Daniyaning suvereniteti va hududiy yaxlitligini hamda Grenlandiya xalqining öz taqdirini özi belgilaş huquqini tan oladi.

«Kelişuv Grenlandiya manfaatlarini va xalqaro hamkorlikdagi örnimizni tan oladi. Bu barçamizning farovonligimiz uçundir», - dedi öz navbatida Grenlandiya hukumati raisi Yens-Frederik Nilsen.

Grenlandiya - Daniyaning avtonom hududi. Donald Tramp Qöşma Ştatlarning Grenlandiyaga daʼvolari haqida bir neça bor gapirgan. U buni Rossiya va Xitoy tahdidi bilan boğliq milliy xavfsizlik çoralari bilan izohlagan va Daniya orolni himoya qila olmasligini taʼkidlagan edi. Oq uy hatto Grenlandiyani sotib olişni taklif qilgan, ammo kuç işlatişi mumkinligini ham istisno qilmagan edi. Keyinroq Tramp «bu katta çiroyli muz bölagini» oliş uçun kuç işlatmasligini aytdi.