Samarqandda Rossiya armiyasiga yollangan yigit jinoiy jazoga tortildi. Kun.uz sud hujjati bilan tanişdi.

Sud hukmiga köra, Kattaqörğon şahrida yaşovçi 27 yoşli A.X. 2023-yil işlab pul topiş maqsadida Rossiyaga borgan. Söngra narkotik moddalar savdosida ayblanib, qölga olingan va qamalgan. Jazoni ötaş davrida Rossiya qurolli kuçlari bilan şartnoma imzolab, Ukrainaga qarşi uruşga borişga rozi bölgan.

A.X. sudda narkotik modda savdosida nohaq ayblanganini, ikki oylik qiynoqlardan söng ayblovni tasdiqlaşga majbur bölganini aytgan.

“Taksiçilik bilan şuğullanib yurgan vaqtida maşinamga Nadejda ismli qiz çiqdi. Manzilga olib ketayotganda gaplaşib ketib, uning telefon raqamini oldim. Şundan söng Nadejda bilan özaro tanişib, gaplaşib yurdik.

2023-yil taxminan 13-oktabr kuni Nadejda qönğiroq qilib, Vladivostok şahriga olib borib kelişimni iltimos qildi. Rozi bölib, uning oldiga bordim. Manzilga qarab yölga çiqdik. Dökondan sigaret va suv sotib oldim. Taxminan 1-2 km yurganimdan söng çekiş maqsadida yöl çetiga töxtadim. Nadejda bilan birga sigaret çekib turgandik, fuqarolik kiyimidagi ikki kişi kelib, bizni yerga yiqitişdi va ustimizga çiqib olişdi.

Nadejdaning çöntagidan 15 gramm geroin olişdi. Söng öşa geroinni mening ham çöntagimga solib qöyib, göyoki yonimdan narkotik modda topilgani kabi videotasvirga olişdi hamda hujjatlarni rasmiylaştirişdi.

Sud 2023-yil oktabrdan 2025-yil mart oyiga qadar davom etdi. Jinoyat işlari böyiça Vladivostok şahar sudining hukmi bilan 12 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi”, degan A.X. öz körsatmasida.

Şundan söng uni Krasnoyarsk şahridagi jazoni ijro etiş muassasasiga olib borişgan. Jazoni ötaş davrida Rossiya mudofaa vazirligi masʼul xodimlari Ukrainaga qarşi uruşda iştirok etsa, Rossiya fuqaroligi berilişini hamda jazo muddatidan ozod etilişini, qolaversa katta miqdorda pul tölanişini vaʼda qilişgan.

A.X. 2025-yil 9-dekabr kuni Ukrainaga qarşi uruşda iştirok etişga rozilik bildirgan va bir yillik şartnoma imzolagan.

“Meni va yana 20 nafar har xil millatga mansub şaxslarni harbiy maşinaga çiqarişdi. 1 sutka yöl yurib, harbiy aeroportga bordik. Samolyotda uçib, Rostov şahriga yetib keldik. U yerda bizni boşqa harbiylar kutib olişdi. Men va 65 nafar şaxsni ajratib olib, harbiy maşinaga çiqarişdi hamda harbiy poligonga olib borişdi.