Visa Kids - hammasini özi qilişni istaydigan bolalar uçun

Bolalar ulğaygani sari köp narsani özi qilişni va öz pulini boşqarişni xohlaşadi. Masalan, tuşlik va yöl haqini tölaş, maktab uçun kerakli narsalarni sotib oliş yoki özi yoqtirgan narsaga pul yiğişni boşlaşadi. Visa Kids bilan bolalar xaridlarni özlari amalga oşiradi va asta-sekin pulni boşqarişni örganadi.


Ota-onalar esa ilovada har bir operatsiya böyiça bildirişnomalarni körib, farzandlarining xarajatlarini nazorat qilib borişlari mumkin. Şuningdek, farzandi bir kunda yoki bir oyda qança mablağ sarflaşi mumkinligini oldindan belgilab qöyişlari mumkin.

Visa Kids bilan bolalar dökonlarda va onlayn xaridlarni mustaqil ravişda amalga oşirişi, şuningdek, belgilangan limit doirasida naqd pul yeçib olişi mumkin.

Masalan, oylik limit 1 000 000 söm belgilangan bölsa, farzand bir oyda uşbu summadan ortiq mablağ sarflay olmaydi. Bu limit faqat Visa Kids kartasiga tegişli bölib, bola öz kartasidan qança pul sarflaşi mumkinligini belgilaydi.

Limitni kartani bank filialida oçiş vaqtida belgilaş, keyinçalik esa Ipak Yuli Mobile ilovasida özgartiriş mumkin.

Limitlardan taşqari, ota-ona karta böyiça boşqa sozlamalarni ham örnatişi mumkin: agar hozirça kerak bölmasa, onlayn xaridlarni öçirib qöyiş yoki kartani vaqtinça bloklaş mumkin. Voyaga yetmaganlar uçun möljallanmagan toifadagi operatsiyalar esa avtomatik tarzda çeklanadi*.

*Tölovlar savdo nuqtasining MCC-kodi asosida çeklanadi. Voyaga yetmaganlarga tovarlarni sotiş qonunçilik bilan tartibga solinadi va sotuvçi tomonidan amalga oşiriladi.

Visa Kids kartasini qanday rasmiylaştiriş mumkin?

Visa Kids ota-ona nomiga rasmiylaştiriladi va uning sömdagi Visa kartasiga ulanadi. Kartaning özida esa bolaning ismi körsatiladi.

Visa Kids kartasini rasmiylaştiriş uçun ota-onada Ipak Yuli Bank’ning quyidagi Visa kartalaridan biri bölişi kerak:

  • Visa Start Sum