Şu kunlarda Ğazodagi yuz minglab bolalar qariyb uç yil içida birinçi marta anʼanaviy taʼlimga qaytdi.
YUNICYEF maʼlumotlariga köra, Ğazodagi maktablarning 98 foizi uruş paytida vayron bölgan yoki şikastlangan. Ğazo taʼlim rasmiylari esa 660 mingga yaqin öquvçi oflayn taʼlim olişdan va öquv jarayonidagi muntazam iştirokdan mahrum bölganini aytmoqda.
Köplab oilalar uçun esa maktab formasi, daftar va ruçkalar xarid qiliş imkonsiz. Şarqiy Xon Yunus taʼlim bölimi mudiri Ibrohim Ramazonning aytişiça, maktablarning qayta oçilişi Ğazo uçun nozik va öta muhim bosqiç hisoblanadi.
Reuters bilan gaplaşgan öquvçilardan biri Mustafo – uruş paytida döstlarini yöqotganiga, çodirda ötirişiga, tuzukroq poyabzali, daftar va ruçkasi yöqligiga qaramay, öqişga qatʼiy qaror qilganini aytdi.
Vayronagarçiliklarga qaramay, Ğazodagi taʼlim rasmiylari xalqaro va mahalliy taşkilotlar kömagida öquvçilarni joylaştiriş uçun çodirlar, brezent, tunuka va yoğoçdan yasalgan önlab vaqtinçalik maktablarni taşkil qildi.
Ularning baʼzilari qumli yerda qurilgan, boşqalarida esa öquvçilar tiqilinç bölib ötiradigan, faqat bir neçta töşak va bitta doskasi bor sinfxonalar mavjud.
Bu yil kamida 540 000 öquvçi YUNICYEF kömagida xususiy qölbola maktablar, vaqtinçalik öquv markazlari darslariga qatnaşişi kutilmoqda. Darslarga kela olmaydiganlar yoki uruş paytida Ğazoni tark etganlar uçun onlayn taʼlim davom etadi.
Ğazo rasmiylariga köra, Isroilning ikki yillik genotsid uruşi – sektorda 22 mingga yaqin öquvçi va 770 dan ortiq taʼlim xodimi, jumladan, 532 nafar öqituvçining umriga zomin bölgan.
Britaniyaning Saudiyaga yordami
Buyuk Britaniya boş vaziri Endi Bornhem husiylar bilan jangda Saudiya Arabistoniga «havoda yoqilği quyiş böyiça mudofaa yordami»ni taqdim etişini aytdi.
Maʼlum bölişiça, bu yordam kelgusi kunlarda boşlanişi ehtimoli bor. Unga Kiprdagi aviabazaga joylaştirilgan Britaniyaning yagona şu turdagi samolyoti – «Voyager» jalb qilinadi.
Boş vazirning aytişiça, bu Saudiya Arabistonining «harbiy yordam» sörovidan söng amalga oşmoqda. Uşbu taklif «vaqt jihatidan çeklangan» bölib, dastlabki bosqiçda «bir neça hafta» davom etişi mumkin.











